SamDCHTI ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo‘yicha istiqbolli rejasida ko‘satilgan vazifalarni amalga oshirishda “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 fevraldagi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4958-sonli Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 304-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limga qo‘yiladigan davlat Talablari” va “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi Nizom”i tasdiqlandi, qarorda doktorant va mustaqil izlanuvchilarning kelajakda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilishda samaradorlikni yanada oshirish, ya’ni intellektual potensialni ko‘tarish maqsadida xalqaro standart va usullarga tayangan holda Vazirlar Mahkamasi Qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Hay’ati qarorlari, buyruq va yo‘riq xatlari hamda institut Kengashi majlisi qarorlarini dastur sifatida qabul qilib, muntazam o‘rganib borish va ilmiy-tadqiqot jarayoniga tatbiq etishga asosiy e’tiborini qaratilgan.
Istiqbolli rejada ko‘rsatilganidek doktorantlar, mustaqil izlanuvchi va yosh o‘qituvchilar doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilishga harakat qiladilar.
Institutda oliy ta’limdan keyingi ta’lim instituti mavjud bo‘lib, 9 ta ixtisoslik bo‘yicha tayanch doktorantura va doktorantura faoliyat olib boradi. Institutda pedagogik kadrlarga bo‘lgan ehtiyojga asosan institutda tayanch doktorantura, doktoranturada va mustaqil izlanuvchilar institutida quyidagi ixtisosliklar faoliyat ko‘rsatadi:
09.00.03 - “Falsafa tarixi”;
03.00.04 – “Ijtimoiy falsafa”;
10.00.01 – “O‘zbek tili”;
10.00.11 – “Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi”;
10.00.04 – “Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlaritili va adabiyoti”; 10.00.06 – “Qiyosiy-tarixiy, tipologik va chog‘ishtirma tilshunoslik lingvistik tarjimashunoslik”;
13.00.01 – “Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi”;
13.00.02 – “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi;
13.00.06 – “Elektron ta’lim nazariyasi va metodikasi”.
Bugungi kunda oliy ta’limdan keyingi ta’lim tayanch doktorantura, doktoranturada va mustaqil izlanuvchilar 9 ta ixtisoslik bo‘yicha tayanch doktorantura va doktoranturada 53 nafar tayanch doktoranturada, 4 nafar doktoranturada, 2 nafar stajyor-tadqiqotchi hamda 300 nafardan ortiq mustaqil izlanuvchilar ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.
Bundan tashqari Samarqand viloyatiga yaqin hududda joylashgan viloyatlardagi oliy ta’lim muassasalarining doktorantlar va mustaqil izlanuvchilari “Chet tili” (ingliz, nemis, fransuz) tillardan malakaviy imtihonlarni institutimizda topshirishiga OAK tomonidan ruxsat berildi.
Samarqand davlat chet tillar instituti huzurida filologiya va pedagogika falari boʼyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi PhD.03/30.12.2019.Fıl/Ped.83.01 raqamli Ilmiy Kengash ochildi. Ilmiy Kengashda quyidagi ixtisosliklar boʼyicha ilmiy daraja olish uchun dissertatsiya himoyasini oʼtkazishga ruxsat berilgan.
10.00.04 – “Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti”
10.00.06 – “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʼishtirma tilshunoslik, tarjimashunoslik” (filologiya fanlari boʼyicha)
13.00.02 – “Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” (pedagogika fanlari)
Institutda ilmiy salohiyatni oshirish, talaba va magistrlarni ilmiy maktablarga jalb qilish maqsadida iqtidorli yoshlar bilan talabalikning ilk bosqichlaridanoq maqsadli ishlashni keskin faollashtirish, ularni ayniqsa moliyalashtirilayotgan ilmiy-tadqiqot faoliyatiga kengroq jalb qilish, oliy ta’limning bakalavriat va magistratura hamda oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limning katta ilmiy xodim izlanuvchilar instituti bosqichlari orasidagi mantiqiy uzviylikni ta’minlash orqali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash salmog‘ini oshirish borasida ishlar aniq rejalar asosida olib borilmoqda.
Buning asosi sifatida iqtidorli talabalarni ilmiy to‘garaklarga jalb etish, ularni chuqurlashtirilgan dastur asosida o‘qitish kabi vazifalar dekanat va kafedralar zimmasiga yuklatilganligini, o‘qitish jarayonida talabalarning intellektual salohiyatini oshirish maqsadida zamonaviy texnologiyalar va mustaqil ishlash texnologiyalari qo‘llanilish talab etilayotganini ko‘rsatib o‘tishimiz mumkin.
Barcha fakultetlardagi iqtidorli talabalar guruhi tarkibidan ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish ko‘nikmasiga ega bo‘lgan iqtidorli talabalarni tanlab olish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomdor Davlat stipendiyalari uchun o‘tkaziladigan tanlovlarda, xalqaro tanlovlarda, olimpiadalarda, ilmiy va metodologik seminarlarda ishtirok etishlarini ta’minlash maqsadida har bir kafedrada yig‘ilish o‘tkazilib, aniq vazifa va tadbirlar belgilangan.
Samarqand davlat chet tillar institutida sohaning dolzarb muammolari bo‘yicha xalqaro va respublika ilmiy-amaliy anjumanlari o‘tkazilib kelinmoqda.
Samarqand davlat chet tillar institutining kelgusi 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlash bo‘yicha istiqbolli rejasi:

English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
