Samarqand davlat chet tillar institutida moddiy texnik bazani mustahkamlash maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar to’g’risida
Institutning o’z mablag’lari hisobidan Samarqand shahri Gagarin ko’chasi 43-uy manzilida joylashgan 1000 o’ringa moslashgan 3-son o’quv binosini rekonstruksiya qilish ishlari 2021 yilda boshlanib, 2022 yil mart oyida foydalanishga topshirildi.
Institutning o’z mablag’lari hisobidan Samarqand shahri Gagarin ko’chasi 43-uy manzilida joylashgan 2-son (200 o’rinli) talabalar turar joyini rekonstruksiya qilish ishlari 2021 yilda boshlangan bo’lib,
2022 yil sentyabr oyida foydalanishga topshirildi. Ikki yarusli krovatlarni joriy etish hisobiga talabalar turar joyi quvvati 350 o’ringa yetkazildi.
Samarqand shahar Bo’stonsaroy ko’chasi 93-uy manzilida 3 qavatli Axborot-resurs markazi binosini qurish ishlari 2021 yilda boshlangan bo’lib, shartnoma bo’yicha 2022 yil oktyabr oyida foydalanishga topshirildi.
Institutning o’z mablag’lari hisobidan quyidagi binolarida yangi qurilish, rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirilib kelinmoqda:
Institutning o’z mablag’lari hisobidan Samarqand shahri Gagarin ko’chasi 43-uy manzili bo’yicha:
-Yangi o’quv binosini qurish bo’yicha 2021 yil dekabr oyida boshlangan bo’lib, 2022 yil dekabr oyida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan edi. Qo’shimcha 2 (ikki) qavat qo’shish hisobiga binoning quvvati 2000 o’ringa yetkaziladi. 2023 yil avgust oyida foydalanishga topshirilishi kutilmoqda.
-4-son o’quv binosini rekonstruksiya qilish bo’yicha 2022 yil avgust oyida qurilish ishlari boshlanib, 2023 yil fevral oyida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.
Institutning Samarqand shahri Gagarin ko’chasi 43-uy manzilida joylashgan hududida Davlat xususiy sherikchilik asosida 500 o’rinli TTJ binosi qurish ishlari yakunlanib, 2022 yil oktyabr oyida foydalanishga topshirildi.
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
