Kafedraning hamkorlik aloqalari
Samarqand davlat chet tillar instituti, Pyatigorsk davlat universiteti va Minsk davlat lingvistik universiteti
Ingliz tili fakulteti “Ingliz tili va adabiyoti” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan
“HOZIRGI GLOBALLASHUV JARAYONIDA TIL VA ADABIYOTNING INSONPARVARLIK ROLI”
mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman to‘g‘risida
HISOBOTI
Muhokama qilinadigan muammolar.
Respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalarida xorijiy til va adabiyotni o’qitish – til va adabiyot ta’limini takomillashtirish muammolari va yechimlari, ta'limdagi zamonaviy lingvistika, ijtimoiy-madaniy makonda til va adabiyot sohalarini bo‘yicha o‘zaro fikr almashish.
Anjumanda yosh olimlar, magistrlar, mutaxassislar, mustaqil izlanuvchilar, tayanch doktorantlar va doktorantlarning ishtirok etishi.
Mazkur xalqaro anjumanga mahalliy mutaxassislar, sohalarning malakali kadrlari bilan bir qatorda chet mamlakatlaridan xususan Eron, Janubiy Koreya, Misr, Rossiya Federatsiyasi, Hindiston, Turkiya, Tojikston xorijiy davlatlarning nufuzli oliy ta’lim muassasalari va tashkilotlaridan olimlar va professor-o‘qituvchilari ham tashrif buyurdi.
Samarqand davlat chet tillar instituti rektori v.v.b. F.Sh.Ruziqulov tabrik so'zini o'qib, tashrif buyurgan mehmonlarni qutladi va tadbirni ochib berdi. Institut jamosini ushbu ayyom bilan qutlab quyidagi so‘zlarni alohida ta’kidlab o‘tdi.
Shundan so‘ng, institut jamoasini qutlash uchun institut professori G.’Q.Mirsanov yalpi majlisni olib bordi va qatnashuvchilarni bugungi anjuman kun tartibi bilan tanishtirib, so’z navbati Ruzikulov Fazliddin Shukurovich Samarqand davlat chet tillar instituti v.v.b. rektori , f.f.n., dotsent, Ispan va italyan tillar kafedrasi italyan tili o’qituvchisi Franceso Giomonni, Sharq tillar fakulteti, Arab tili kafedrasi(Misr Arab Respublikasi)Hashem Esmael Hammam Ali, Dr.Ravinder Gargesh Prof., Head of the Department of the English Language (Hindiston), Zahra Zarrati, Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti, O'zbek va xorijiy tillarni o'qitish markazi, Ingliz tili sektori (Eron), Mr. Kim In Te Samarkand university of international technologies (Janubiy Koreya), Bilir Bayram Sharq tillari fakulteti, Yaqin sharq tillari kafedrasi (Turkiya), Subhiddin Ziyoyev Tojikiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi (Tojikiston), Kandiyev Xakim Tojikiston Pedagogika Instituti ingliz tili o'qituvchisi va boshqa qator mehmonlar so‘zga chiqishdi.
Anjumanning sho‘ba yig‘ilishlarida mahalliy va xorijiy mutaxassislar, sohalarning malakali kadrlari hamda professor-o‘qituvchilari onlayn va oflayn ishtirok etishdi. Anjuman doirasida 3 ta sho‘ba va 2 ta workshop treninglar ish olib borib, unda jami 177 dan ortiq ma’ruzalar tinglandi. Unda doktorantlar, magistrlar va yosh iqtidorli talaba-yoshlar tomonidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari muhokama qilindi. Sho‘ba majlislarida eng yaxshi ma’ruza tanlovi o‘tkazilib, g‘oliblar aniqlandi.
Seminar – treninglarda faol ishtirok etgan ishtirokchilar konferensiya setrtifikati va estalik sovg’alar bilan taqdirlanishdi. Anjuman yakunida fakultet kafedralarida iqtidorli talabalar bilan seleksion ishlarni olib borish va ularni istiqbolli ilmiy mavzular bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarga jalb etish ko‘lamini yanada kengaytirish hamda ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlikda mutaxassislik fanlarini interaktiv usullarda o‘qitilishini tashkil etish, kafedralarning ilmiy to‘garaklarida doimiy sohalarning zamonaviy texnologiyalari bo‘yicha yangiliklarini o‘zlashtirishga kelishib olindi.



Samarqand davlat chet tillar instituti PDU Chet tillar va xalqaro turizm instituti bilan erishilgan kelishuvlarni amalga oshirmoqda.
Samarqand davlat chet tillar instituti o‘zining hamkor universiteti – PDU Chet tillar va xalqaro turizm instituti bilan hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash uchun 2022-yilda imzolangan hamkorlik shartnomasi doirasida uchrashuv o’tkazildi.
Tilshunoslik va amaliy chet tillari kafedrasi mudiri dots. Melnikova E.N. va xalqaro ta'lim loyihalari koordinatori, dots. bo'limi Xomovich N.V. 13-20 oktabr kunlarida Samarqand davlat chet tillar institutiga tashrif buyurishdi.
Uchrashuv davomida qisqa muddatli (4-6 hafta) va uzoq muddatli (1 semestr) ta’lim dasturlari bo‘yicha talabalarning akademik harakatchanligi, o‘qituvchilar almashinuvi bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Madaniyatlararo muloqot bo'yicha dasturlarni amalga oshirish, qo'shma ilmiy va amaliy grant loyihalarini ishlab chiqishni nazarda tutuvchi yozgi maktabni tashkil etish va o'tkazish, shuningdek, “Tilshunoslik” yo‘nalishlari bo‘yicha bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalarini birgalikda boshqarish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Samarqand davlat chet tillar instituti ingliz I fakultetining "ingliz tili va adabiyoti "kafedrasi xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirmoqda
Samarqand davlat chet tillar instituti tomonidan yana bir hamkorlik shartnomasi imzolandi. Ushbu hamkorlik shartnomasi Minsk davlat lingvistik universiteti bilan imzolandi.
Unga ko'ra Minsk davlat tilshunoslik universiteti rektori Natalya Evgenievna Lapteva vakili Samarqand davlat chet tillar instituti Ustavi asosida olib boradi, rektor Ilhomjon Madaminovich To'xtasinov bu shartnoma ta'lim va fan sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishdan iborat edi. Bu ikki tomonlama shartnoma 5 yil davomida amal qilinadi va shu bilan birga ilm fan va yangi texnologiyalar bilan ishlash, metodlar bilan shug'ullanishga qaratilgan. Ushbu shartnoma 22- sentyabr kuni 2021 yildan boshlab kuchga kirdi.
Samarqand davlat chet tillar instituti Ingliz I fakultetining “Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi” Rassiya Federatsiyasi bilan xalqaro hamkorlik shartnomasi imzoladi
Bu hamkorlik Rassiya Federatsiyasi Pyatigorsk davlat Universiteti tomonidan hamkorlik shartnolari imzoladi. Shartnomaga ko'ra "Pyatigorsk davlat Universiti rektori Aleksandr Pavlovich Gorbunov tomonidan imzolandi.Ikki tomonlama shartnomaga ko'ra Bakalavriyat va magistratura talabalari uchun o'qishni tashkil qilish va qo'shma ilmiy loyihalarni tashkil qilish tadqiqotlar olib borish, tajribalar almashishdan iborat edi.Ushbu shartnoma 5 noyabr 2022 yildan boshlab kuchga kirdi.
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
