Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasiga tanlov asosida ishga qabul qilishini e'lon qiladi!
Xavfsiz turizm sohasida ishlash istagida bo'lgan nomzodlar 2021-yilning 2-avgustidan 10-avgustiga qadar (shu kuni ham) Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasiga murojaat qilishlari lozim.
Xizmatga kirish uchun talablar.
– Samarqand viloyati hududida doimiy ro'yxatda turgan bo'lishi lozim.
– bo'yining balandligi erkaklar uchun 165 sm'dan kam bo'lmasligi, ayollar uchun 160 sm'dan kam bo'lmasligi lozim.
– 18 yoshdan 30 yoshgacha.
– oliy ma'lumotli hamda xorijiy tillarni "C1" va "C2" CEFR darajasida bilishi lozim.
– yaxshi jismoniy tayyorgarlik va ichki ishlar organlari xodimlariga yuklatilgan vazifalarni bajarish qobiliyatiga ega bo'lishi kerak.
Nomzodlar ishga kirish uchun ariza topshirishga kelganida quyidagi hujjatlar yonida bo'lishi kerak:
– pasport,
– diplom ilovasi bilan,
– harbiy bilet,
– mehnat daftarchasi,
– tibbiy ma'lumotnoma.
Qo'shimcha ma'lumot uchun telefon:
+99866-223-59-41
+99866-223-59-39
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
Русский
Francais
Deutsch
Spain

