SamDCHTI va “Obod maskan” mahallasi hamkorligida sport musobaqasi o’tkazildi

 

Inson salomatligini asrash va mustahkamlash, qolaversa, uzoq umr ko‘rishning garovi sog‘lom turmush tarzi ekanligi bugun barchaga ayon haqiqat. Zero, har birimiz, eng avvalo, o‘z sog‘ligimizni o‘ylashimiz darkor. Ana shunda xotirjam va farovon hayot kechirgan, ko‘plab asoratli xastaliklarning oldini olgan bo‘lamiz.

Aholining uzoq umr koʻrish davomiyligini taʼminlash dolzarb masalalardan biridir. Zero, ushbu koʻrsatkich insonlarning sogʻlom turmush tarzi va farovon hayoti ifodasidir.Jumladan, davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarni sportga jalb etish, ular o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish borasida qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Shu munosabatda Samarqand davlat chet tillar institutining Roman-german tillar fakulteti jamoasi "Obod maskan" mahallasida sportning futbol, valeybol, shaxmat, shashka, stol tennisi kabi turlari bo'yicha mahalla yoshlari o'rtasida sport musobaqalari o'tkazishdi. Jumladan, g'olib jamoalar diplom hamda qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanishdi.

Share:
2022-03-24 13:18:19 2133