Belgorod milliy tadqiqot universiteti dotsenti Samarqand davlat chet tillar institutida faoliyat olib boradi

Xorijlik malakali mutaxassislarning sonini yanada oshirishda xorijiy davlatlarning O'zbekistondagi elchixonasi hamda turli xalqaro ta'lim tashkilotlar bilan ham hamkorlik aloqalari davom ettirilmoqda. Xabaringiz bo’lganidek, ta'lim sifatini yanada oshirish maqsadida o'quv jarayoniga xorijlik malakali mutaxassislar muntazam jalb etilib kelinmoqda.

Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilhomjon To’xtasinov institutning Qo’shma ta’lim dasturlari fakulteti o’quv jarayonlariga jalb etilgan Belgorod milliy tadqiqot universiteti dotsenti Droga Marina Anatolevna xonim bilan uchrashuv o’tkazdi.

Rektor va mutaxassis o’rtasida o’tkazilgan uchrashuvda talabalarni o'qitish borasida o'zaro fikrlar, takliflar almashinildi. Shuningdek, institutda amalga oshiriladigan ishlar bo’yicha mulohazalar olib borildi.

SamDCHTI Axborot xizmati

 

Share:
2023-02-01 10:55:05 159