“Talabalarning anʼanaviy XXIX ilmiy-amaliy anjumani” bo’lib o’tdi

Samarqand davlat chet tillar instituti Ingliz tili-II fakulteti professor-o‘qituvchilari, magistrantlari va talaba-yoshlari tashabbusi bilan “Talabalarning anʼanaviy XXIX ilmiy-amaliy anjumani”  bo’lib o’tdi.

Mazkur anjumanda magistr va talabalardan 200 ga yaqin ilmiy maqolalar taqdim etildi. Tahrir hayʼati tomonidan tavsiya etilgan maqolalar elektron to‘plam holida chop etilib, ulardan eng yaxshi deb topilganlari anjumanning yalpi majlisi va shuʼbalarida muhokama qilindi. Anjuman qizg‘in muhokama va savol-javobdarga boy tarzda yakunlandi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2023-06-07 20:59:04 125