Samarqand shahrida qad ko‘targan qadimiy “Registon” maydonida joriy yilda “Sharq taronalari” XII musiqa festivali o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Joriy yilda mazkur tadbir 26-30 avgust kunlari o‘tkazilishi kutilmoqda.
Hozirda Samarqandda ko‘plab mas’ul va mutasaddi tashkilotlar yaqinlashib kelayotgan “Sharq taronalari” musiqa festivalini o‘tkazish maqsadida ko‘plab chora-tadbirlarni amalga oshirishmoqda. Jumladan, mazkur tadbirni tantanali hamda ko‘ngildagidek o‘tkazish uchun alohida guruhlar tuzilib, har bir guruhga Samarqand viloyati hokimligi tomonidan ko‘rsatma va topshiriqlar belgilandi.
Samarqand davlat chet tillar instituti matbuot xizmati
O'zbekcha
Русский
Francais
Deutsch
Spain





