Joriy yilning 24-avgust sanasida Samarqand viloyati musiqali drama teatri oldida viloyat xotin-qizlari ishtirokida velomarafon bo‘lib o‘tdi. Bunda viloyatdagi OTMlari hamda tashkilotlar, xususan, Samarqand davlat chet tillar instituti talaba qizlaridan iborat jamoasi ham qatnashishdilar.

Velomarafon boshlanishidan avval barcha ishtirokida yurtimiz madhiyasi ijro etildi. So‘ngra velomarafon Samarqand shahrida joylashgan musiqali drama teatri yonidan start oldi hamda talabalar hiyoboni(bulvar)ni bir marta aylanib, yana o‘sha start chizig‘iga birinchi bo‘lib yetib kelgan ishtirokchi g‘olib hisoblanadi.

SamDCHTI axborot xizmati A.Abduraimov

Share:
2019-08-26 08:35:00 97