Kafedraning hamkorlik aloqalari

Xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi,
📅 2025-yil 26-sentabr kuni Indoneziya va O‘zbekiston hamkorligida “International Conference & Annual Business Meeting 2025” o‘z ishini boshladi. Konferensiya mavzusi: “Transforming English Language Education: Innovation, Inclusion and Impact” (“Ingliz tili ta’limini transformatsiya qilish: innovatsiya va ta’sir”). Tadbirda ikki mamlakat olimlari, professor-o‘qituvchilari va mutaxassislari ishtirok etib, ingliz tilini o‘qitishda innovatsion yondashuvlar, ta’lim jarayonida inklyuzivlikni ta’minlash hamda o‘quvchilarga samarali ta’sir ko‘rsatish yo‘llari yuzasidan ilmiy ma’ruzalar taqdim etdilar. Unda Ingliz tili nazariy aspektlari kafedrasi professori N.M. Suleymanova hamda institutimiz rahbariyati bilan birgalikda mazkur nufuzli anjumanda qatnashib, o‘z ilmiy izlanishlari natijalari bilan bo‘lishdilar. Konferensiya doirasida tomonlar kelgusi hamkorlik istiqbollari, qo‘shma ilmiy loyihalar hamda talaba va o‘qituvchilar almashinuvi masalalarini ham muhokama qilishmoqda.

Ingliz tili nazariy aspektlari kafedrasining bir guruh professor- o'qituvchilari Nurobod tumanidagi 62-umumta'lim maktabiga tashrif buyurishdi. Kafedra o'qituvchilari maktab rahbariyati bilan tanishib, hamkorlik shartnomasini imzolashdi hamda maktab o'qituvchilari va o'quvchilari uchun mahorat darslarini tashkil qilishdi.
Bundan tashqari, maktabning 10-11 -sinf o’quvchilari bilan psixologik kasbga yunaltirilgan amaliy davra suhbati ham o’tkazildi. Suhbat davomida bitiruvchi sinf o'quvchilarini kasbga yo'naltirish va Oliy ta'lim muassasalariga kirish uchun o'zlariga mos yo'nalish tanlashga doir maslahatlar berildi. Qiziqarli va interaktiv o’tgan uchrashuv so’ngida yanada qiziqarli va zamonaviy mavzular doirasida uchrashishga kelishib olindi.
2024-yil 13-noyabr kuni SamDChTI da “Ochiq Eshiklar kuni” tadbiri o’tkazildi.
Ushbu tadbirda institutning Ingliz tili nazariy aspektlari kafedrasiga biriktirilgan Nurobod tumanidagi 25- umumta’lim maktabi pedagog xodimlari hamda bitiruvchi sinf o’quvchilari tashrif buyurishdi.
Tadbir davomida 25-maktab bitiruvchilari uchun Samarqand davlat chet tillar instituti (SamDChTI) Ingliz tili nazariy aspektlari kafedrasi professor-o’qituvchilari tomonidan institutda yaratilgan shart-sharoit, talaba yoshlarga o’qishi uchun yaratilgan keng imkoniyatlar, oliygohda mavjud ta’lim yo’nalishlari va fakultetlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Jumladan, institutda 2024-2025 o’quv yilidan boshlab faoliyat yuritayotgan “Registrator offisi” haqida, uning amalda o’qishga yangi qabul qilingan 1-bosqich va undan yuqori bosqichlarda tahsil oluvchi talabalar uchun institutga birinchi kun qadam qo’yishidan toki bitirib diplom olguncha bo’lgan o’quv jarayonlarda kerakli maslahatlar va turli xil savollarga javob olishlari uchun markazlashtirilgan tarzdagi o’ziga xos “Mobil markaz” ekanligi haqida ta’kidlab o’tildi! Samrqand davlat chet tillar instituti “Registrator offisi” direktori Suxrob Erkinov bugungi kunda ta’lim tizimi ham raqamlashtirilayotganligi hamda bunda bu ta’limda har tomonlama shaffoflikni ta’minlab berayotganligi haqida aytib o’tdi.
Shuningdek, Nurobod tumanidagi 25-umumta’lim maktabi pedagog xodimlari hamda bitiruvchi sinf o’quvchilari tashrifi davomida institut o’quv binolari, zamonaviy o’quv auditoriyalar, Axborot resurs markazi bo’ylab qisqa mazmunli ekskursiya tashkil etildi. Ekskursiya yakunida Ingliz tili nazariy aspektlari kafedrasi mudiri Lola Abdullayeva hamda kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan zamonaviy pedagogic texnologiyalardan foydalangan holda “Ochiq dars va master klass” tashkil etildi. Ochiq dars barcha mexmonlar tomonidan iliq kutib olindi hamda qiziqarli ma’lumotlar, hayajonli harakatli o’yinlarga boy bo’ldi. Tadbir so’ngida Nurobod tumanidagi 25-umumta’lim maktabi pedagog xodimlari, bitiruvchi sinf o’quvchilari hamda Samarqand davlat chet tillar instituti (SamDChTI) Ingliz tili nazariy aspektlari kafedrasi professor-o’qituvchilari Samarqand shahrining tarixiy yodgorliklari hamda durdonalridan biri bo’lmish Registon majmuasiga tashrif buyrishdi. Ushbu tashrifdan barcha o’zgacha taasurotlar olishdi. Sababi, bugun o’tkazilgan bir qator amaliy, nazariy va ko’ngilochar tadbirlar bitiruvchi sinf o’quvchilarini oliy o’quv yurtiga kirishlari uchun o’ziga xos ilhomlantirish bo’ldi.Tadbir so’ngida kelgusi rejalar haqida kelishib olindi.
VIDEO LINK https://youtu.be/XK-nAFWo6nc


Oliy ta’lim va maktab
Samarqand davlat chet tillar instituti Ingliz tili fakulteti Ingliz tili nazariy aspeklari kafedrasi professor-o‘qituvchilari A.T.Amanov, Q.A.Xakimovlar tomonidan “Maktab o'qituvchilarining xorijiy tillarni o'qitishda mahoratlarini oshirish” mavzusidagi seminar-treninglari maktab pedagogik jamoasi tomonidan iliq qabul qilinib, kelgusida yanada qiziqarli mavzular borasida fikr almashishinshga kelishib olinganligi, 9-10-11-sinflarda Ingli tili fani Oʻqib tushunish, Grammatik koʻnikma hamda kasbga yoʻnaltiruvchi testlarni olishda mas’uliyat bilan yondashgan S.E.Tuychiyev, F.B.Aslonov, F.M.Abduraxmanova, M.M.Porsayeva, M.Rajabovlarga ham oʻz vaqtlarini ayamasdan oʻzaro hamkorligimizni mazmunli boʻlishida oʻz hissalarini qo’shib kelayotganlilaridan, ikkala tomon ma’muriyati ham mamnunligini aytib oʻtdi.




Video
SamDCHTI “Ingliz tili nazariy aspektlari” kafedrasiga biriktirilgan Nurobod tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining xorijiy til o‘qituvchilari malakasini oshirish borasida amaliy ishlar qilinmoqda.
Jumladan, kafedra professor-o‘qituvchilari Q.Xakimov hamda M.Rajabovlar oldindan tuzilgan rejaga asosan Nurobod tumanidagi 36-maktabda bo’lishdi.
Jarayon davomida maktab o‘qituvchilari ishtirokida mahorat darslari va seminar-treninglar o‘tkazildi, shuningdek, bitiruvchi sinf o‘quvchilaridan kasbga yo‘naltiruvchi psixologik va ingliz tili fanidan bilimlarni aniqlash testlari olindi.


Video
Fazliddin Shukurovich Ro'ziqulovga Altay davlat pedagogika universitetining faxriy professori unvoni berildi
Xabaringiz bor, Samarqand davlat chet tillar instituti o’quv ishlari bo’yicha prorektori, rektor v.v.b. Fazliddin Shukurovich Ro’ziqulov Rossiyaning Altay davlat pedagogika universitetida bo'lib qaytdi.
Unda Altay davlat pedagogika universiteti tashkil etilganligining 90 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan tantanali tadbir davomida Fazliddin Shukurovich Ro’ziqulovga faol xalqaro hamkorlik ishlari hamda xorijiy mamlakatlarda rus tilini o'qitishni rivojlantirishga qo'shgan hissasi uchun Altay davlat pedagogika universitetining faxriy professori unvoni berildi.

Indoneziyaning Muhammadiyah Makassar universiteti bilan hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda
Samarqand davlat chet tillar instituti hamda Indoneziyaning Muhammadiyah Makassar universiteti o’rtasida imzolangan hamkorlik Memorandumiga asosan institutning “Ingliz tili nazariy aspektlari” kafedrasi mudiri L.Abdullayeva hamda mazkur kafedra dotsenti N.Sulaymonovalar Indoneziyada xorijiy safarda bo’lib turibdi.
Safardan ko’zlangan maqsad ikki oliy ta’lim muassasalari o’rtasida hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash bo’yicha mezbon universitet rahbariyati bilan muzokaralar olib borish, universitetning bakalavr va magistr talabalari hamda professor-o’qituvchilariga ma’ruzalar o’qish, shuningdek, seminar-treninglar tashkil etish orqali tajriba almashishdir.




Muzokaralar davomida SamDCHTI akademik litseyi o’qituvchilarining Chxunnom do oliy maktabida tajriba almashinuvi yuzasidan o’zaro kelishuvga erishildi.





SamDCHTI akademik litseyi ijrochi direktori B.Abdurazzoqov Janubiy Koreyaning Chungcheongnam xalqaro ta'lim markaziga tajriba almashish maqsadida yuborilgan edi.Jumladan, unda B.Abdurazzoqov Chungnam provinsiyasi rahbari janob Kim Jichol bilan uchrashdi. Shuningdek, tomonlar o’rtasida o’qituvchi va talabalar almashinuvini yo’lga qo’yish, ularning tajribasini oshirish va birgalikda darsliklar va adabiyotlar yaratish yuzasidan takliflar almashinildi.
Muzokaralar davomida SamDCHTI akademik litseyi o’qituvchilarining Chxunnom do oliy maktabida tajriba almashinuvi yuzasidan o’zaro kelishuvga erishildi.


English
Русский
Francais
Deutsch
Spain


