English Русский Francais Deutsch Spain
  • Karyera markazi
  • BARQAROR RIVOJLANISH MAQSADLARI
  • Korrupsiyaga qarshi kurash

Samarqand davlat chet tillar instituti

  • Yangiliklar
    • Yangiliklar
    • E'lonlar
    • Yashil universitet
    • Ekofaol talabalar
    • Ogohlik - davr talabi
  • Institut tuzilmasi
    • Institut nizomi
    • Institut haqida
    • Institut tuzilmasi
    • Institut missiyasi
    • Rahbariyat
    • Fakultetlar
      • Ingliz tili fakulteti
      • Roman-german tillari fakulteti
      • Sharq tillari fakulteti
      • Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti
      • Narpay xorijiy tillar fakulteti
      • Payariq xorijiy tillar fakulteti
      • Kechki fakulteti
    • Kafedralar
      • Ingliz tili tarixi va grammatikasi kafedrasi
      • Ingliz tili leksikologiyasi va stilistikasi kafederasi
      • Ingliz tili kafedrasi
      • Innovatsion ta'lim texnologiyalari va metodika kafedrasi
      • Ingliz tili nаzаriyаsi kafedrasi
      • Gumanitar fanlar va axborot texnologiyalar kafedrasi
      • Ingliz tili nazariy aspektlari kafedrasi
      • Fransuz tili va adabiyoti kafedrasi
      • Nemis filologiyasi kafedrasi
      • Rus filologiyasi kafedrasi
      • Ispan va italiyan tillari filologiyasi kafedrasi
      • O'zbek tili, jurnalistika va kompyuter lingvistikasi kafedrasi
      • Yaqin sharq tillari kafedrasi
      • Yapon filologiyasi kafedrasi
      • Qo’shma ta’lim dasturlari kafedrasi
      • Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi
      • Ingliz filologiyasi kafedrasi
      • Ingliz tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi
      • Umumiy fanlar kafedrasi (Payariq)
      • Umumiy fanlar kafedrasi (Narpay)
      • Ikkinchi chet tillar kafedrasi
      • Ingliz tili o’qitish metodikasi kafedrasi
      • Koreys filologiyasi kafedrasi
      • Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat kafedrasi
      • Qiyosiy adabiyotshunoslik kafedrasi
      • Xitoy filologiyasi kafedrasi
    • Markaz va bo'limlar
      • O‘quv-uslubiy boshqarma
      • Marketing va talabalar amaliyoti bo'limi
      • Accountant
      • Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limi
      • Xalqaro hamkorlik bo'limi
      • Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi
      • Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi
      • Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo'limi.
      • Xalqaro reytinglar bo'yicha ishlash bo'limi
      • Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi
      • Yoshlar ittifoqi
      • Devonxona va arxiv
      • Iqtidorli talabalar ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi
      • Raqamli ta'lim texnologiyalari markazi
      • Talabalarni turar joy bilan ta'minlashni muvofiqlashtirish bo'limi
      • Registrator ofisi
      • Axborot-resurs markazi
    • Professorlar va o'qituvchilar
    • Malaka oshirish va qayta tayyorlash markazi
    • Akademik litsey
  • Faoliyat
    • Ilmiy faoliyat
      • Ilmiy kengash
      • Ilmiy tadqiqot faoliyati
      • Ilmiy jurnallar
      • Ustoz-shogird maktabi
      • Istiqbol rejalar
      • Institut kengashi
      • Dissertatsiya va avtoreferatlar
      • Ilmiy tadqiqot yo'nalishlari
      • Malakaviy imtihonlar
      • Ilmiy tadqiqotga oid hujjatlar to'plami
      • Ilmiy tadbirlar
      • Ilmiy tadqiqotga oid e'lonlar
      • Nashr ishlari
      • Ilmiy maqolalar
      • Ready innovative projects
      • Mening innovasion g'oyam
    • Xalqaro hamkorlik bo'limi
      • Xalqaro hamkor tashkilotlar
      • ERASMUS+
      • XORIJ SAFARLARI (malaka oshrish stajirovka v.b)
      • Jalb etilgan sarmoyalar va grantlar
      • Amaldagi loyihalar
      • Xorijlik mutaxassislar
      • Grantlar va stipendiyalar
      • Xorijiy Til Sifatida Turk Tili O'qituvchisi Qo'shma Sertifikat Dasturi
      • Yabancı Dil Olarak Türkçe Öğreticisi Sertifika Programı
    • Moliyaviy faoliyat
      • Buxgalteriya
      • Moddiy texnik baza
      • Ochiq ma'lumotlar
    • Madaniy-ma'rifiy
      • Madaniy va ma'rifiy tadbirlar
      • Talabalar hayoti
      • Sport tadbirlari
      • Institut psixologi
    • Registrator ofisi
    • Kredit modul tizimi
      • Meyoriy huquqiy hujjatlar
      • O'quv rejalar
      • O'quv dasturlari
    • Masofaviy ta'lim
    • Alumni Club
    • SamDCHTIda Konfutsiy instituti
    • Karyera markazi
    • Kasbga yo'naltirish kurslari
    • Korrupsiyaga qarshi kurash
  • Abituriyent
    • Bakalavriat
      • Eslatma
      • Qabul nizomi
      • Qabul kvotasi
      • Qabul hujjatlari to'plami
      • Imtihon fanlar ro’yxati
      • O'tish ballari
      • Qabul komissiyasi joylashgan o'rni
    • Magistratura
      • Eslatma
      • Qabul nizomi
      • Qabul kvotasi
      • Qabul hujjatlari to'plami
      • Magistratura mutaxasisliklariga milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro'yxati
      • Magistraturaga oid buyruqlar
      • Qabul komissiyasi joylashgan o'rni
  • Talabalar
    • Bakalavriat
      • Yo'riqnoma
      • Dars jadvali
      • O'zlashtirish
      • Davomat
      • Iqtidorli talabalar
      • Stipendiyalar
      • Talabalar turar joylari
      • Davlat imtihonlari
      • Bitiruv malakaviy ish himoyasi
      • Shartnoma narxlari
    • Magistratura
      • Yo'riqnoma
      • Dars jadvali
      • O'zlashtirish
      • Davomat
      • Iqtidorli talabalar
      • Stipendiyalar
      • Talabalar turar joylari
      • Davlat imtihonlari
      • Magistrlik disertasiyasi himoyasi
      • Shartnoma narxlari
  • Xorijiy talabalar
    • Xorijlik talabalar qabuli
    • Academic Calendar for 2024-2025
    • Video
    • Broshyuralar
    • Student's accommodation
    • International Summer School 2026
  • Hujjatlar
    • Prezident farmon va qarorlari
    • Hukumat qaror va dasturlar
    • Vazirlikning buyruqlar va kollegiya qarorlari
    • Insitut tomonidan qabul qilingan normativ-uslubiy va ijro hujjatlar
  • Aloqa
Home Kafedralar Hamkorlik aloqalari

Kafedraning hamkorlik aloqalari

Joriy yilning 4–8-may kunlari institut vakillari – Ispan va italyan filologiyasi kafedrasi mudiri A. Shomahmudova, kafedra katta o‘qituvchilari S. Jalilova, A. Tkacheva hamda P. Abdullayevalar Erasmus+ KA171 Staff Mobility dasturi doirasida Ispaniyaning Uelva davlat universitetida tashkil etilgan xalqaro “Staff Week” haftaligida ishtirok etishdi.

Haftalik doirasida ishtirokchilar uchun ta’lim tizimida zamonaviy pedagogik yondashuvlar, universitet boshqaruviga oid ma’ruzalar, seminar-treninglar, tajriba almashish sessiyalari va universitet infratuzilmasi bilan tanishuv dasturlari tashkil etildi. Tadbir davomida turli davlatlardan tashrif buyurgan mutaxassislar bilan akademik tajriba almashilib, yangi hamkorlik aloqalariga asos solindi.

2026-yil 13-aprel kuni Samararkand shahridagi Hilton Samarkand Regency mehmonxonasida “Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi universitetlari” mavzusida xalqaro kongress bo‘lib o‘tdi. Unda Samarqand davlat chet tillar instituti Roman-german tillari fakulteti Ispan va italyan filologiyasi kafedrasi vakillari faol ishtirok etdilar.

Kongress davomida xalqaro ta’lim, ilmiy hamkorlik va akademik almashinuv masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tadbir doirasida xorijiy va mahalliy oliy ta’lim muassasalari vakillari zamonaviy ta’lim texnologiyalari, innovatsion yondashuvlar hamda ilmiy tadqiqotlar natijalari yuzasidan fikr almashdilar.

Shuningdek, SamDChTI vakillari tomonidan xorijiy tillarni o‘qitishda qo‘llanilayotgan ilg‘or metodlar taqdim etilib, kelgusida xalqaro hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha muhim takliflar ilgari surildi.

Mazkur kongress professor-o‘qituvchilarning ilmiy va metodik salohiyatini oshirish, tajriba almashish hamda yangi xalqaro aloqalarni rivojlantirishda muhim platforma bo‘lib xizmat qildi.

SAMARQAND DAVLAT CHET TILLAR INSTITUTI PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI UCHUN ERASMUS+ DOIRASIDA YANGI IMKONIYATLAR
Samarqand davlat chet tillar instituti professor-o‘qituvchilari uchun Erasmus+ dasturi doirasida malaka oshirish imkoniyatlari yaratildi.
Mazkur kelishuvga ayni paytda Italiyada xizmat safarida bo‘lib turgan institutning “Ispan va italyan filologiyasi” kafedrasi mudiri A. Shomahmudova hamda katta o‘qituvchi M. Hakimovlarning Italiyaning Siena xorijliklar universiteti vakillari bilan o‘tkazgan uchrashuvi davomida erishildi.
Uchrashuv chog‘ida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, ilmiy-tadqiqot faoliyati hamda Erasmus+ dasturi doirasidagi akademik mobillik masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, italiyalik talabalarning Samarqand davlat chet tillar institutida tashkil etiladigan til kurslari va yozgi maktablarda ishtirok etishga bo‘lgan qiziqishi tobora ortib borayotgani qayd etildi. Shu munosabat bilan kelgusida mazkur kurslar va yozgi maktab dasturlarini italyan tilida ham tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Mazkur hamkorlik ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi xalqaro aloqalarni yanada mustahkamlash, ta’lim sifatini oshirish hamda talaba va professor-o‘qituvchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.

 

Samarqand davlat chet tillar instituti o‘qituvchilari “SOF EXPO SAMARKAND” xalqaro ko‘rgazmasida faol ishtirok etdi


2026-yil 10–11-aprel kunlari Samarqand shahri Jomboy tumanida tashkil etilgan “SOF EXPO SAMARKAND” xalqaro ko‘rgazmasida Samarqand davlat chet tillar instituti Roman-german tillari fakulteti Ispan va italyan filologiyasi kafedrasi o‘qituvchilari faol ishtirok etdi.
Ko‘rgazma davomida kafedra tomonidan maxsus interaktiv stend tashkil etilib, tashrif buyuruvchilarga italyan va ispan tillari, ushbu yo‘nalishlarda ta’lim olish imkoniyatlari hamda xorijiy tillarning zamonaviy mehnat bozoridagi o‘rni haqida batafsil ma’lumot berildi.
Tadbir doirasida o‘qituvchilar tomonidan qisqa til darslari, interaktiv o‘yinlar, savol-javoblar hamda madaniy chiqishlar tashkil etildi. Shuningdek, tashrif buyuruvchilar uchun italyan va ispan madaniyatiga oid ijodiy namoyishlar o‘tkazilib, ishtirokchilarning ismlari ispan uslubida yozib berildi.
Ko‘rgazma davomida yoshlarning xorijiy tillarga bo‘lgan qiziqishi va faolligi alohida e’tiborni tortdi. Interaktiv yondashuv asosida tashkil etilgan faoliyatlar tashrif buyuruvchilarda katta taassurot qoldirdi.
Mazkur tadbir institutning xalqaro yo‘nalishdagi faoliyatini keng targ‘ib qilish, yoshlarni xorijiy tillarni o‘rganishga rag‘batlantirish hamda potensial abituriyentlar bilan samarali aloqalarni yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Samarqand davlat chet tillar instituti “Ispan va italyan tillari” kafedrasi o‘qituvchisi A.Vahidova joriy yilning 14–19-iyul kunlari Ispaniyaning Toledo shahridagi Kastiliya-La-Mancha universitetida (UCLM) tashkil etilgan malaka oshirish dasturida ishtirok etib qaytdi.

Dastur doirasida ispan tilini chet tili sifatida o‘qitishda zamonaviy uslublar, madaniyatlararo muloqot, global yondashuvlar, talabalarning o‘qish va yozish ko‘nikmalarini rivojlantirish, shuningdek, til kompetensiyalarini baholashga oid nazariy va amaliy seminarlar tashkil etildi. 

Hamkorlikdagi bunday tadbirlar O‘zbekiston va Ispaniya oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi ilmiy-pedagogik aloqalarni mustahkamlashga, o‘qituvchilar malakasini oshirishga, ta’lim sifatini yaxshilash hamda xalqaro tajriba almashinuvi orqali o‘quv jarayoniga innovatsion yangiliklarni tatbiq etishga xizmat qilmoqda.

 

2023-yil 17-noyabr kuni Samarqand davlat chet tillar institutida “Ispan va italyan tillari” kafedrasi o‘qituvchisi Andrea Gallo hamda “Tilshunoslik, aloqa va aloqa” kafedrasi o‘qituvchilari ishtirokida onlayn konferensiya bo‘lib o‘tdi. Pyatigorsk davlat universitetida amaliy chet tillari. Ma'ruza mavzusi "Italiya madaniyati". Ilmiy-amaliy anjumanlarning hamkorlikda o‘tkazilishi ikki davlat hamkorligiga yangi sur’at bag‘ishlamoqda.

Institutning “Ispan va italyan tillari” kafedrasi jamoasi, Pyatigorsk davlat universitetining “Lingvistika, kommunikatsiya va amaliy xorijiy tillar” kafedrasi professorlari Nataliya Xomovich va Yelena Melnikovalar, ishtirokida uch tomonlama hamkorlik uchrashuvi bo’lib o’tdi.

Unda Pyatigorsk davlat universitetida o‘qituvchilar va talabalarning “Dele”dan  imtihon topshirish imkoniyatini yaratish, yozgi kurslar tashkil etish, hamkorlikda ilmiy-amaliy konferensiyalar o’tkazish, mobillik asosida talabalar va professor-o’qituvchilar almashinuvini yo’lga qo’yish kabilar xususida fikr almashinildi.

12.10.2023 sanasida Ispaniyaning Kadiz universiteti xalqaro ishlar bo‘yicha prorektori Rafael Ximenez Kastanyeda hamda ushbu universitetning Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha xalqaro markaz direktori Andres Santana Arribas Samarqand davlat chet tillar institutida bo’ldi.

Unda ispaniyalik mehmonlar hamda Samarqand davlat chet tillar instituti rektori v.v.b. Fazliddin Ro’ziqulovlar o’rtasida hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga qaratilgan uchrashuv o’tkazildi va fikr-mulohazalar, takliflar almashinildi.

Shuningdek, jarayon davomida Samarqand davlat chet tillar institutida Ispaniyaning Kadiz universiteti bilan hamkorlik ishlarini amalga oshirish bo’yicha Markaz tashkil etilib, ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Undan so’ng tomonlar o’rtasida hamkorlik ishlarini davom ettirish yuzasidan Shartnoma imzolandi.

Sharqiy Neapol universiteti professori Samarqand davlat chet tillar institutiga tashrif buyurdi - Valentina MarsellaValentina Marcella turkolog, zamonaviy Turkiya tarixi tadqiqotchisi va Neapol universitetining Osiyo, Afrika va O‘rta yer dengizi fakulteti turk tili o‘qituvchisi.Valentina Marcella institutga tashrif buyurib, hamkasblari va talabalari, ayniqsa, italyan va turkshunoslik bo‘limlari vakillari bilan uchrashdi. Ushbu ikki ta'lim yo'nalishining dasturlari va o'qitish usullarini muhokama qilishdan tashqari, ushbu uchrashuvlar ikki universitetning o'quv takliflari o'rtasida mumkin bo'lgan va yangi strategiyalarni aniqlashga, shuningdek, kelajakdagi hamkorlikni ko'zda tutishga qaratilgan edi.

Bundan tashqari, professor Valentina Marsellaning tashrifi O‘zbekiston kabi yangi yo‘nalish bo‘yicha dastlabki tadqiqotlar olib borishga qaratilgan edi.

Samarqand davlat chet tillar instituti MAECI granti tinglovchilari Aziz Abdullayev va Farida Odilbekova 2023-yil 23-01-10-yil kunlari “Corso di lingua e cultura italiana” yo‘nalishi bo‘yicha uch oylik o‘quv kurslarini yakunladilar. Siena shahridagi Chet elliklar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti o‘qituvchilari Rizaeva Z.I. va Rasulova M.M. Siena chet elliklar institutida "Corso per docenti + Corso C2" kurslarida qatnashgan.

Samarqand davlat chet tillar instituti 4-bosqich talabasi Ro‘zigul Nuraliyeva talabalar almashinuv dasturida ishtirok etmoqda. Kurs Siena chet elliklar institutida 6 oy davom etadi.

 

Aloqalar va uslubiy hamkorliklar:

   Kafedra ishlarining hamkorlik sohasi va turlari kengaytirilmoqda, mustahkm aloqalar o‘rnatilmoqda:

– O‘zR O‘z DJTU bilan chet tilini o‘qitish bo‘yicha tajriba almashish hamda ilmiy-tadqiqod faoliyatini amalga oshirish;

– Davlat test markazi tarkibida Chet tillarni bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasi bilan Chet tillarni bilish darajasini baholashning Milliy test tizimi uchun materiallar tayyorlash bo‘yicha;

– korporativ hamkorlik doirasida ispan va italiyan tillari kafedrasi Samarqand shahridagi san’at kolleji bilan hamkorlikda ishlamoqda. Ushbu kollejlarda kafedra o‘qituvchilari tomonidan doimiy tarzda ochiq dars, master-klass, ma’naviy ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda. Kafedraning professor - o‘qituvchilari tarkibi ushbu kollej chet tili o‘qituvchilariga metodologik yordam ko‘rsatmoqda.

Xalqaro hamkorlik:

Kafedra bugungi kunda Italiyaning Siena Universiteti, Ispaniyaning Kastila La Mancha Universiteti, Cadiz Universitet, Nebrixa Universitetlari hamda Yevropa mamlakatlarining boshqa universitetlari bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Mazkur hamkorliklar asosida, chet tilini o‘qitishning ilg’or metodikasi bilan tanishish maqsadida bir necha marotaba kafedraning professor - o‘qituvchilari malaka oshirishni o‘tab keldilar. Jumladan, kafedra o‘qituvchilaridan E.V.Klochkova va M.M.Rasulovalar 2014-2015 o‘quv yilining yozgi semestri hisobidan Italiyada malaka oshirib qaytdilar.2016 – yil kafedra o‘qituvchisi M. Hakimov Italiyaning Siena shahridagi xorijliklarni o‘qitish universitetida malaka oshirish kursini o‘tab qaytdi. Shuningdek, 2019 - 2020 o‘quv yilining sentabr – oktabr oylarida kafedraning o‘qituvchilari Sharapova Lola va Burxonov Utkir Ispaniyaning Toledo shahridagi Kastiliya La Mancha universitetida 2 oylik stajirovkani o‘tab kelishdi.   

Samarqand davlat chet tillar instituti ispan va italyan tillari kafedrasi (Italiyan tili yo'nalishi) va Siena (Italiya) chet elliklar uchun universiteti o'rtasida CILS (Italyan tilidan bilim darajasini aniqlash uchun A1 darajadan - C2 darajasigacha) imtihonini o'tkazish to'g'risida shartnoma imzolandi. Ushbu imtixonni topshirib italyan tili bo’yicha til darajasiga ega bo’lish imkoniyati ham o’qituvchilarda, ham talabalarda mavjud.

SamDCHTI professor-o‘qituvchilari Ispaniyada taqdimot o‘tkazishdi

Joriy yilning 16-oktabrida Kastiliya La Mancha Universitetining Gumanitar fanlar fakultetida “O‘zbekiston buyuk ipak yo‘li markazida” deb nomlangan taqdimot va foto ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi. Ushbu taqdimotda o‘qituvchilarimiz O‘tkir Burxonov hamda Lola Sharapovalar  o‘zbek tili va madaniyati, tarixi, an’analari haqida, shuningdek, Samarqand davlat chet tillar instituti va Kastiliya La Mancha Universitetlari o‘rtasida bugungi kundagi va kelgusidagi hamkorlik aloqalari to‘g‘risida atroflicha taqdimotlarini namoyish etishdi. 

Bundan tashqari foto ko‘rgazma davomida rassom Husniddin Atoning o‘zbek urf-odatlari, an’analari, san’ati va xalq turmush tarziga bag‘ishlangan ko‘rgazmasi taqdim etildi. 

Tashkil etilgan ko‘rgazma yakunida O‘zbekiston Respublikasining Ispaniya Qirolligidagi favqulodda va muxtor elchisi kotibi Nabijon Kuvondikov, Kastiliya La Mancha Universiteti xalqaro aloqalari bo‘yichi prorektor Fatima Gomez Guadamiyaz, Universitetning Gumanitar fanlar fakulteti dekani Rebeca Rubio Rivera, shuningdek, Ispaniya va O‘zbekiston aloqalarini rivojlantirish assotsiatsiyasi prezidenti Fernando Maragonlar so‘zga chiqishib bugungi kunda O‘zbekistondagi rivojlanish o‘zgarishlari, yangiliklari va, albatta, Kastiliya La Mancha Universiteti va Samarqand davlat chet tillar instituti o‘rtasidagi munosabatlar, kelgusida amalga oshiriladigan ishlar to‘g‘risida o‘z fikr hamda takliflarini bildirishdi.

Chet tilini o’qitishning ilg’or metodikasi bilan tanishish maqsadida bir necha marotaba kafedraning professor - o’qituvchilari tarkibining bir qismi Yevropa mamlakatlarining oliy o’quv markazlarida malaka oshirishni o’tab keldilar. Jumladan kafedra o’qituvchilaridan E.V.Klochkova va M.M.Rasulovalar 2014-2015 o’quv yilining bahorgi semestri (iyul,avgust,sentyabr) hisobidan Italiyada malaka oshirib qaytdilar.2016 – yil kafedra o’qituvchisi Hakimov M. Italiyaning Siena shahridagi xorijliklarni o’qitish universitetida iyul,avgust,sentyabr oylarida malaka oshirish kursini o’tab qaytdi.

Ispaniya Nebrixa universiteti prezidentining SamDCHTIga tashrifi

2019-yilning 9-sentabr kuni Ispaniyaning Nebrixa universiteti prezidenti Xaoki Espalyargas Iberni boshchiligidagi delegatsiya Samarqand davlat chet tillar institutiga tashrif buyurdi. Mehmonlar hamda institut rahbariyati vakillari ishtirokida rasmiy uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv jarayonida ikki oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va kelgusida uni rivojlantirish imkoniyatlari muhokama qilindi. Jumladan, endilikda turizmni rivojlantirishga doir amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan  fikr hamda takliflar almashinildi. Uchrashuv so‘ngida  o‘zaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish yuzasidan hamkorlik Memorandumi imzolandi. 

 

Share:
  • Yangiliklar
  • E'lonlar
  • Majlislar
  • Uchrashuvlar
  • Seminarlar
  • Rasmiy tashriflar
  • Brifinglar
E'lonlar
  • G.T.Asadovaning "Madaniyatlararo muloqot" fanidan ochiq darsi

    Batafsil →
  • Tyutorlik lavozimiga nomzodlarni tanlash

    Batafsil →
  • Abdullayeva Visola Sherali qizining " G‘arb tili va adabiyoti" fanidan ochiq darsi

    Batafsil →
E'lonlar →

Kalit so'zlar

ingliz tili xorijiy tillar fakultet tilshunoslik
Logo
Samarkand, 140104, UZB, Gagarin 43

Fakultetlar

Ingliz tili fakulteti
Roman-german tillari fakulteti
Sharq tillari fakulteti
Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti
Narpay xorijiy tillar fakulteti
Payariq xorijiy tillar fakulteti
Kechki fakulteti

Foydali saytlar

  • Prezident virtual qabulxonasi
  • Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
  • O`zbekiston Respublikasi Hukumat portali
  • O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Aloqa
  • Samarkand, 140104, UZB, Gagarin 43
  • +998 66 234-29-36
  • +998 78 210-00-18
  • info@samdchti.uz
  • Ishonch telefonlari:
  • +998662382931
© 2026 SamSIFL. All Rights Reserved.
Samarqand davlat chet tillar instituti