Kafedraning hamkorlik aloqalari
Kafedra O‘zbekiston Milliy universiteti, Samarqand davlat universiteti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universiteti, Urganch davlat universiteti, Buxoro shahridagi Navoiy nomidagi pedagogika instituti bilan yaqindan hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan. Shuningdek, Xorazmdagi nodavlat «Ma’mun universiteti» bilan ham hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan.
Kafedraga Nurobod tumanidagi 70- va 64-sonli umumta’lim maktablari biriktirilgan. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ushbu maktablarda ochiq mashg‘ulotlar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va seminarlar o‘tkazilmoqda, o‘quvchilar uchun o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqilmoqda. Shuningdek, kafedra davlat tashkilotlari bilan xo‘jalik shartnomalari asosida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan.
Xalqaro hamkorlik
Kafedra professor-o‘qituvchilari AQShning Arizona shtatidagi universitet bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish masalalarini kelishib olgan va tegishli yo‘l xaritasini ishlab chiqqan.
Kafedra dotsentlari Dehkаnova D.T., Xotamova P.I., Tursunova M.I. va Yusupova Sh.Sh. 2026-yil mart oyida AQShning Nebraska shtati Omaha shahridagi Nebraska universitetida malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli tamomladilar.
2025-yil sentyabr oyida Sobirova F.U. va Yusupova Sh.Sh. Finlyandiyada malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli tamomladilar.
Kafedraning katta o‘qituvchisi Aslamova F.A. 2026-yil yanvar oyida Xitoy Xalq Respublikasining Xi’an Jiaotong universitetida malaka oshirish kursini o‘tadi.
Kafedra mudiri Latipov A.A., Xotamova P.I., Rustamov A.E. va Abdunazarov Z.I. tarkibidagi professor-o‘qituvchilar guruhi 2026-yil fevral oyida Tojikistonning Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiyada ishtirok etdi.
Kafedrada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning «Ta’lim muassasalarida xorijiy tillarni o‘qitish sifatini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 610-sonli qarorini amalga oshirish bo‘yicha tegishli ishlar olib borilmoqda.
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
