Kafedraning hamkorlik aloqalari
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentabrdagi PF-5812-son “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻg’risida”gi, 2019 yil 8 oktabrdagi PF-5847-son “Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha riviojlantirish konseptsiyasini tasdiqlash toʻg’risida”gi Farmonlari, 2019 yil 11 iyuldagi PQ-4391-son “Oliy va oʻrta maxsus ta’lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari toʻg’risida”gi, 2020 yil 28 apreldagi PQ-4699-son “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari toʻg’risida”gi, 2021 yil 26 martdagi PQ-5040-son “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻg’risida”gi qarorlari va Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 dekabrdagi 824-son “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog’liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻg’risida”gi qaroriga muvofiq ingliz tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi xalqaro va respublikadagi koʻplab oliy ta’lim muassasalari, bilan hamkorlik oʻrnatgan. Jumladan, Akademik Buketov Nomidagi Karaganda universiteti, Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, TIQXMMI MTU Buxoro tabiiy resurslarini boshqarish instituti, Buxoro axborot texnologiyalari texnikumi, Buxoro viloyati Shofirkon qishloq xoʻjaligi mahsulotlari texnologiyasi texnikumlari kabilar bilan hamkorlik qilib kelmoqda.
Shu bilan birgalikda, kafedra professor-oʻqituvchilari hamkorlik aloqalarini mustahkamlash maqsadida maktablar va boshqa ta’limiy tashkilotlar bilan ishlash bo`yicha faoliyatini yaxshi yo`lga qo`ygan. Kafedra professor-o`qituvchilari maktablarda ta'limning innovatsion texnologiyalarini keng joriy etib kelmoqda. Ta'limning uzviyligi va uzluksizligini ta'minlashda kafedra Nurobod tumandagi bir nechta maktablar jumladan tumanidagi 26 va 29-sonli umumtalim maktablari bilan o'quv-uslubiy hamkorlik shartnomalari o'rnatilib, o'quvchilarni OTMlarga jalb qilish hamda bitiruvchilarning bandligini ta'minlashda ish beruvchi korxonalar, tashkilotlar bilan uzviy amaliy innovatsion korporativ hamkorlikda faoliyat yuritib kelmoqda.
Kafedra professor-o'qituvchilar bilan maktab o'qituvchilari hamkorligida o'quv jarayonining samaradorligini oshirishda pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish, maktablarda mutaxassislik fanlari o'qituvchilariga ilmiy rahbarlik qilish, hamkorlikda ilmiy izlanishlarni o'tkazish, fanlardan yetishmaydigan darsliklar, o'quv qo'llanmalarni yaratish, amaliyot dasturlarini ishlab chiqish, davriy ravishda mutaxassislik fanlaridan o'quvchilarni yetarli bilimga ega bo’lishlari bo'yicha fakultativ darslar tashkil etish kabi o'quv-pedagogik, o'quv-uslubiy ishlarda amaliy yordam berib kelishmoqda.
Kafedraning professor-o’qituvchilari umumta’lim maktablariga muntazam ravishda tashrifi amalga oshirilmoqda va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 noyabrdagi №PF-6108 farmoni ijrosi yuzasidan quyidagilar ishlar muntazam ravishda olib borilmoqda:
1. Nurobod tumanidagi 26 va 29-sonli umumta’lim maktablari bilan SamDChTI instituti o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi va shu yuzasidan doimiy ishlar olib borilmoqda.
2. Jumladan, maktablarning bitiruvchi 11-sinf o‘quvchilaridan xorijiy tilini bilish darajasini belgilovchi test savollari muntazam tarzda olinib, o’quvchilarning natijalari tahlil qilinib ularga qilingan xatolar yuzasidan qo’shimcha darslar o’tilib kelinmoda.
3. Bundan tashqari, maktablarning barcha o’qituvchilari uchun kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan har oyda ularning malaka va bilimlarini yanada oshirish maqsadida seminar-trening mashg’ulotlari va qo’shimcha ochiq darslar o’tkazib kelinmoqda. Bu maktab o’qituvchilari tomonidan judayam foydali deb topolmoqda.
4. Umumta’lim maktablarining bitiruvchi 11-sinf o‘quvchilaridan qiziqishlari va qobiliyati, qaysi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishni maqsad qilganligi (qaysi fanlardan tayyorgarlik ko‘rayotganligi), qaysi texnikum yoki kollejga o‘qishga kirmoqchiligi, ayni paytda qanaqa hunar egallaganligi, kelajakda qaysi hunar egasi bo‘lmoqchiligi to‘g‘risidagi o‘z shaxsiy fikrlari, maktabni bitiruvchisi sifatida umumta’lim maktabi tizimida ta’lim sifatini oshirishda yana nimalarga e’tibor berish kerakligi va o‘quvchiga qiziq bo‘lgan boshqa jarayonlar xususida o‘z shaxsiy fikr-mulohazalari yuzasidan yozma tarzda so‘rovnoma olinayapti va ularga zamonaviy kasblar yuzasidan ham qo’shimcha ma’lumotlar berilmoqda.
5. Ushbu umumta’lim maktablarida faoliyat olib borayotgan barcha fan o’qituvchilaridan fanlar bo’yicha testlar va ulardan diktant olinmoqda, hamda qilingan ishlar yuzasidan kafedra professor-o’qituvchilar tomonidan davra suhbatlari, qo’shimcha taklif va zamonaviy metodlar, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda darslarni qanday qilib qiziqarli va samarali qilib o’tish yuzasidan fikr va mulohazalar almashinilib borilmoqda.
6. Biriktirilgan umumta’lim maktablaridagi o‘quvchi va o‘qituvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishilib ularga qo’shimcha yordamlar ko’rsatilib bormoqda.
Kafedra professor-o'qituvchilari maktab o’qituvchilari bilan birgalikda ilmiy izlanishlar olib borish, amaliy o’quv dasturlarni ishlab chiqish, maktab o’quvchilarini kasbga yo'naltirish bo'yicha amaliy yordam ko’rsatish, shuningdek o'quv-uslubiy ishlarda yordam berish kabi ishlarni bajarib kelmoqdalar.



English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
