Kafedraning hamkorlik aloqalari
BULUNG'URDAGI 23- UMUMTA’LIM MAKTABDA O‘QUV SEMINAR O‘TKAZILDI
2026-yil 10-sentabr kuni Samarqand davlat chet tillar instituti Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti “Ingliz tilining integrallashgan kursi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Bulung‘ur tumanidagi 23-umumta’lim maktabda ingliz tili fani o‘qituvchilari uchun o‘quv seminari tashkil etildi. Seminarda, Bulung'ur tumani maktabgacha va maktab ta‘limi bo‘limiga qarashli umumta‘lim maktablarida faoliyat ko‘rsatayotgan milliy yoki xalqaro til bilish sertifikatiga ega bo‘lmagan ingliz tili fani o'qituvchilari ishtirok etdilar.
Tadbir davomida milliy va xalqaro til sertifikatlarining ahamiyati, ularni olish tartibi, imtihonlarga samarali tayyorgarlik ko‘rish usullari yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi. Bundan tashqari, zamonaviy pedagogik metod va texnologiyalar asosida darslarni tashkil etish, o‘quvchilarning nutqiy kompetensiyasini rivojlantirish hamda o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Seminar yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar. Shuningdek, maktab o‘qituvchilari va institut professor-o‘qituvchilari o‘rtasida muntazam masofaviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda ushbu yo‘nalishdagi seminar va konsultatsiyalarni davom ettirish belgilandi.

English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
