English Русский Francais Deutsch Spain
  • Karyera markazi
  • BARQAROR RIVOJLANISH MAQSADLARI
  • Korrupsiyaga qarshi kurash

Samarqand davlat chet tillar instituti

  • Yangiliklar
    • Yangiliklar
    • E'lonlar
    • Yashil universitet
    • Ekofaol talabalar
    • Ogohlik - davr talabi
  • Institut tuzilmasi
    • Institut nizomi
    • Institut haqida
    • Institut tuzilmasi
    • Institut missiyasi
    • Rahbariyat
    • Fakultetlar
      • Ingliz tili fakulteti
      • Roman-german tillari fakulteti
      • Sharq tillari fakulteti
      • Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti
      • Narpay xorijiy tillar fakulteti
      • Payariq xorijiy tillar fakulteti
      • Kechki fakulteti
    • Kafedralar
      • Ingliz tili tarixi va grammatikasi kafedrasi
      • Ingliz tili leksikologiyasi va stilistikasi kafederasi
      • Ingliz tili kafedrasi
      • Innovatsion ta'lim texnologiyalari va metodika kafedrasi
      • Ingliz tili nаzаriyаsi kafedrasi
      • Gumanitar fanlar va axborot texnologiyalar kafedrasi
      • Ingliz tili nazariy aspektlari kafedrasi
      • Fransuz tili va adabiyoti kafedrasi
      • Nemis filologiyasi kafedrasi
      • Rus filologiyasi kafedrasi
      • Ispan va italiyan tillari filologiyasi kafedrasi
      • O'zbek tili, jurnalistika va kompyuter lingvistikasi kafedrasi
      • Yaqin sharq tillari kafedrasi
      • Yapon filologiyasi kafedrasi
      • Qo’shma ta’lim dasturlari kafedrasi
      • Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi
      • Ingliz filologiyasi kafedrasi
      • Ingliz tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi
      • Umumiy fanlar kafedrasi (Payariq)
      • Umumiy fanlar kafedrasi (Narpay)
      • Ikkinchi chet tillar kafedrasi
      • Ingliz tili o’qitish metodikasi kafedrasi
      • Koreys filologiyasi kafedrasi
      • Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat kafedrasi
      • Qiyosiy adabiyotshunoslik kafedrasi
      • Xitoy filologiyasi kafedrasi
    • Markaz va bo'limlar
      • O‘quv-uslubiy boshqarma
      • Marketing va talabalar amaliyoti bo'limi
      • Accountant
      • Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limi
      • Xalqaro hamkorlik bo'limi
      • Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi
      • Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi
      • Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo'limi.
      • Xalqaro reytinglar bo'yicha ishlash bo'limi
      • Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi
      • Yoshlar ittifoqi
      • Devonxona va arxiv
      • Iqtidorli talabalar ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi
      • Raqamli ta'lim texnologiyalari markazi
      • Talabalarni turar joy bilan ta'minlashni muvofiqlashtirish bo'limi
      • Registrator ofisi
      • Axborot-resurs markazi
    • Professorlar va o'qituvchilar
    • Malaka oshirish va qayta tayyorlash markazi
    • Akademik litsey
  • Faoliyat
    • Ilmiy faoliyat
      • Ilmiy kengash
      • Ilmiy tadqiqot faoliyati
      • Ilmiy jurnallar
      • Ustoz-shogird maktabi
      • Istiqbol rejalar
      • Institut kengashi
      • Dissertatsiya va avtoreferatlar
      • Ilmiy tadqiqot yo'nalishlari
      • Malakaviy imtihonlar
      • Ilmiy tadqiqotga oid hujjatlar to'plami
      • Ilmiy tadbirlar
      • Ilmiy tadqiqotga oid e'lonlar
      • Nashr ishlari
      • Ilmiy maqolalar
      • Ready innovative projects
      • Mening innovasion g'oyam
    • Xalqaro hamkorlik bo'limi
      • Xalqaro hamkor tashkilotlar
      • ERASMUS+
      • XORIJ SAFARLARI (malaka oshrish stajirovka v.b)
      • Jalb etilgan sarmoyalar va grantlar
      • Amaldagi loyihalar
      • Xorijlik mutaxassislar
      • Grantlar va stipendiyalar
      • Xorijiy Til Sifatida Turk Tili O'qituvchisi Qo'shma Sertifikat Dasturi
      • Yabancı Dil Olarak Türkçe Öğreticisi Sertifika Programı
    • Moliyaviy faoliyat
      • Buxgalteriya
      • Moddiy texnik baza
      • Ochiq ma'lumotlar
    • Madaniy-ma'rifiy
      • Madaniy va ma'rifiy tadbirlar
      • Talabalar hayoti
      • Sport tadbirlari
      • Institut psixologi
    • Registrator ofisi
    • Kredit modul tizimi
      • Meyoriy huquqiy hujjatlar
      • O'quv rejalar
      • O'quv dasturlari
    • Masofaviy ta'lim
    • Alumni Club
    • SamDCHTIda Konfutsiy instituti
    • Karyera markazi
    • Kasbga yo'naltirish kurslari
    • Korrupsiyaga qarshi kurash
  • Abituriyent
    • Bakalavriat
      • Eslatma
      • Qabul nizomi
      • Qabul kvotasi
      • Qabul hujjatlari to'plami
      • Imtihon fanlar ro’yxati
      • O'tish ballari
      • Qabul komissiyasi joylashgan o'rni
    • Magistratura
      • Eslatma
      • Qabul nizomi
      • Qabul kvotasi
      • Qabul hujjatlari to'plami
      • Magistratura mutaxasisliklariga milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro'yxati
      • Magistraturaga oid buyruqlar
      • Qabul komissiyasi joylashgan o'rni
  • Talabalar
    • Bakalavriat
      • Yo'riqnoma
      • Dars jadvali
      • O'zlashtirish
      • Davomat
      • Iqtidorli talabalar
      • Stipendiyalar
      • Talabalar turar joylari
      • Davlat imtihonlari
      • Bitiruv malakaviy ish himoyasi
      • Shartnoma narxlari
    • Magistratura
      • Yo'riqnoma
      • Dars jadvali
      • O'zlashtirish
      • Davomat
      • Iqtidorli talabalar
      • Stipendiyalar
      • Talabalar turar joylari
      • Davlat imtihonlari
      • Magistrlik disertasiyasi himoyasi
      • Shartnoma narxlari
  • Xorijiy talabalar
    • Xorijlik talabalar qabuli
    • Academic Calendar for 2024-2025
    • Video
    • Broshyuralar
    • Student's accommodation
    • International Summer School 2026
  • Hujjatlar
    • Prezident farmon va qarorlari
    • Hukumat qaror va dasturlar
    • Vazirlikning buyruqlar va kollegiya qarorlari
    • Insitut tomonidan qabul qilingan normativ-uslubiy va ijro hujjatlar
  • Aloqa
Home Kafedralar Rus tili va adabiyoti kafedrasi Ilmiy uslubiy faoliyat

Ilmiy uslubiy faoliyat

 

Kafedra professor-o‘qituvchilari ilmiy-tadqiqot ishlarida faol ishtirok etadilar. Ilmiy ishlar rejasiga muvofiq kafedrada ilmiy konferensiyalar va seminarlar o‘tkaziladi. Kafedra professor-o‘qituvchilari hamda talabalari muntazam ravishda xalqaro va respublika ilmiy-amaliy konferensiyalarida qatnashib, o‘z maqolalarini ilmiy jurnallarda chop etadilar.

Kafedrada iqtidorli talabalar bilan ustoz-shogird tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Tilshunoslikning turli yo‘nalishlari, og‘zaki va yozma tarjima, badiiy va she’riy tarjima, ilmiy maqola yozish bo‘yicha ularning qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida davra suhbatlari va muloqotlar tashkil etiladi. Saralab olingan talabalar o‘z qiziqishlari va iste’dodlariga mos ravishda to‘garaklarga jalb qilinadi hamda ularga qiziqqan yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy rahbarlar biriktiriladi.

Ilmiy-tadqiqot ishlarining samaradorligi

 

Rus filologiyasi kafedrasining ilmiy-tadqiqot faoliyati fundamental an’analar va innovatsion yondashuvlar uyg‘unligiga asoslanadi. Ilmiy maktabimizning yuqori samaradorligi quyidagi ko‘rsatkichlar bilan tasdiqlanadi:

2023-yilda rus tili va adabiyoti kafedrasining katta o‘qituvchisi D.M. Xudoyberdiyeva dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilib, PhD ilmiy darajasini oldi.

Shuningdek, kafedra o‘qituvchisi Z.T. Musinova ham dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilib, PhD ilmiy darajasiga sazovor bo‘ldi.

Kafedra o‘qituvchilari Z.M. Turakulova va A.X. Axmedova ham dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilib, 10.00.04 – “Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tillari va adabiyoti” mutaxassisligi bo‘yicha PhD ilmiy darajasini oldilar.

    

    

    

Joriy yilda kafedraning ilmiy tadqiqotlari natijalari asosida 2 ta darslik, 4 ta o‘quv qo‘llanma, 3 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma nashr etildi. Xalqaro va respublika miqyosidagi OAK ro‘yxatiga kiritilgan ilmiy-amaliy konferensiyalar hamda jurnallarda 40 dan ortiq maqolalar chop etildi. Ulardan 22 tasi xalqaro, 10 tasi xorijiy ilmiy jurnallarda, 5 tadan ortig‘i respublika jurnallarida va 5 tasi oliy ta’lim muassasalarida tashkil etilgan ilmiy konferensiyalar to‘plamlarida e’lon qilindi.

Nashr etilgan darslik va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalardan quyidagilarni alohida ta’kidlash lozim:

Professor G.X. Umurova (hammualliflikda) tomonidan “Adabiyotshunoslik” darsligi. Samarqand, SamDCHTI, 2025-yil. O‘zbek tilida nashr etilgan.

Kafedra dotsenti vazifasini bajaruvchi Z.U. Usmanova tomonidan “Rus tili stilistikasi” o‘quv qo‘llanmasi. SamDCHTI, 2023-yil. Rus tilida nashr etilgan.

Katta o‘qituvchi M.A. Semenova tomonidan “Zamonaviy slavyan tillari” darsligi. Qozon, 2025-yil. Rus tilida nashr etilgan.

Innovatsion g‘oyalar va ishlanmalarni amalga oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni kafedrada ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish hamda ilmiy tadqiqotlarning amaliy ahamiyatiga alohida e’tibor qaratish masalalarida dasturiy qo‘llanma bo‘lib xizmat qilmoqda.

Tajribali o‘qituvchilar — professor G.X. Umurova, dotsent A.K. Eshqobilov, dotsent Z.T. Musinova, dotsent D.M. Xudoyberdiyeva, dotsent v.b. Z.U. Usmanova, Z.M. Turakulova, A.X. Axmedova, katta o‘qituvchilar M.A. Semenova, Sh.N. Marupov, P.A. Axmedova, assistent-o‘qituvchilar D.T. Ergasheva hamda kafedraning barcha jamoasi tomonidan “Yangi O‘zbekiston — yangicha dunyoqarash” shiori ostida tumanlardagi umumta’lim maktablari o‘qituvchi va o‘quvchilari uchun ochiq darslar tashkil etildi.

Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanidagi 76-son umumta’lim maktabida kafedra filiali ochilib, professor-o‘qituvchilar sa’y-harakatlari bilan zarur jihozlar bilan ta’minlandi.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev 2026-yilni “Mahalla va jamiyat taraqqiyoti yili” deb e’lon qildi.

Davlatimiz rahbari ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalarda ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surdi:

• Birinchi tashabbus — yoshlarning musiqa, rassomchilik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga bo‘lgan qiziqishini oshirish;

• Ikkinchi tashabbus — yoshlarning jismoniy tayyorgarligi uchun zarur sharoitlarni yaratish hamda ularning sport sohasidagi qobiliyatlarini namoyon etishiga ko‘maklashish;

• Uchinchi tashabbus — aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari hamda internetdan samarali foydalanishni tashkil etish;

• To‘rtinchi tashabbus — yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish;

• Beshinchi tashabbus — xotin-qizlar bandligini ta’minlash.

Talabalarning siyosiy va huquqiy savodxonligini yanada oshirish, shuningdek, mamlakatimizda kechayotgan siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy jarayonlar, ta’lim sohasidagi ijobiy islohotlar hamda xorijiy davlatlarda yuz berayotgan turli voqealar haqida talabalarni xabardor qilib borish maqsadida professor-o‘qituvchilarimiz institutning “Yoshlar bilan ishlash” bo‘limi bilan hamkorlikda muntazam ravishda “Axborot va murabbiylik soatlari”ni tashkil etib kelmoqdalar.

Kafedraning “Madaniy hayoti”

 

Kafedrada doimiy ravishda madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilib, ularga taniqli olimlar, yozuvchilar, shoirlar va san’at namoyandalari taklif etiladi. Har yili rus filologiyasi yo‘nalishi talabalari bilan hamkorlikda madaniy-ommaviy faoliyatga oid tadbirlar, jumladan teatr sahnalashtirishlari, KVN, brifinglar, ochiq darslar, rus tili va adabiyoti kunlari, rus madaniyati va san’atiga bag‘ishlangan bayramlar tashkil etiladi.

Shuningdek, talabalar go‘zallik va san’at olamiga oshno bo‘lishlari maqsadida o‘qituvchilar bilan birgalikda konsertlar, spektakllar, muzeylar va ko‘rgazmalarga tashrif buyuradilar.

Rus tili kafedrasi o‘qituvchilari tashabbusi bilan “Kuzgi bal” tadbiri o‘tkazildi.

 

Tadbirda hajviy sahna ko‘rinishlari namoyish etildi, viktorinalar, raqslar tashkil qilindi, an’anaviy rus dasturxoni yozildi, mehmonlar milliy liboslarda kutib olindi hamda rus xalq qo‘shiqlari ijro etildi.

 

Shuningdek, rus filologiyasi yo‘nalishi talabalari bilan hamkorlikda Yangi yil bayramiga bag‘ishlangan “Qish ertagi” nomli spektakl namoyish etildi. Bu turli xalqlar ertaklari uyg‘unlashtirilgan musiqiy sahna asari bo‘ldi.

 

Har yili 6-iyun kuni Aleksandr Sergeyevich Pushkin tavalludiga bag‘ishlab “Rus tili kuni” tadbiri o‘tkaziladi. 2025-yilda “Ay-da Pushkin!” nomli ochiq dars tashkil etildi. Birinchi kurs talabalari Pushkin davri muhitiniyaratib, Pushkin asarlari qahramonlari hamda “Kumush asr” shoirlarining obrazlarini qayta jonlantirdilar

    

Kafedra xristian, slavyan hamda milliy bayramlar — Rojdestvo, Pasxa, Maslenitsa va Navro‘zga bag‘ishlangan bayram tadbirlari hamda “davra suhbatlari”ni tashkil etadi.

    

To‘garaklar masalasiga alohida e’tibor qaratilgan. Kafedrada “Yosh tilshunos”, “Kitobsevarlar”, “Adabiyot va san’at” to‘garaklari faoliyat yuritadi. To‘garaklar tashkil etilganidan buyon 50 dan ortiq yig‘ilishlar o‘tkazilib, ular talabalar dunyoqarashini kengaytirish va kitob o‘qishga muhabbatni rivojlantirishga qaratilgan.

    

 

Rus tili va adabiyoti kafedrasi tomonidan Roman-german tillari fakultetining 4-qavati bezatildi. Talabalarga jahon va rus adabiyotining taniqli vakillari, jahon adabiyotiga katta hissa qo‘shgan shoir va yozuvchilar bilan tanishish imkoniyati yaratildi.

“Diqqatga sazovor joylar devori” rus madaniyati olamiga sho‘ng‘ish, Rossiyaning madaniy va me’moriy meros durdonalari bilan tanishish imkonini beradi.

Shuningdek, tomosha uchun o‘rnatilgan hind-yevropa tillar oilasining genealogik daraxti fakultetda o‘rganilayotgan tillar haqida qo‘shimcha bilim manbai bo‘lib xizmat qiladi.

    

    

 

Kafedra sa’y-harakatlari bilan “Rus tili va madaniyati markazi” tashkil etildi. Bu yerda badiiy va ilmiy adabiyotlar, lug‘atlar hamda ma’lumotnomalarning katta hajmi to‘plangan.

Umuman olganda, amalga oshirilgan ishlar talabalar bilimini boyitish va ularning madaniy tarbiyasini yuksaltirishga qaratilgan.

2026-yilda rus filologiyasi kafedrasiga xorijiy mutaxassis sifatida Rossiya Federatsiyasi Janubiy federal universiteti South Federal University rus tili xorijiy til sifatida va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi dotsenti Ilyin D.N. jalb qilindi.

 

 

 

 

Share:
  • Yangiliklar
  • E'lonlar
  • Majlislar
  • Uchrashuvlar
  • Seminarlar
  • Rasmiy tashriflar
  • Brifinglar
E'lonlar
  • G.T.Asadovaning "Madaniyatlararo muloqot" fanidan ochiq darsi

    Batafsil →
  • Tyutorlik lavozimiga nomzodlarni tanlash

    Batafsil →
  • Abdullayeva Visola Sherali qizining " G‘arb tili va adabiyoti" fanidan ochiq darsi

    Batafsil →
E'lonlar →

Kalit so'zlar

ingliz tili xorijiy tillar fakultet tilshunoslik
Logo
Samarkand, 140104, UZB, Gagarin 43

Fakultetlar

Ingliz tili fakulteti
Roman-german tillari fakulteti
Sharq tillari fakulteti
Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti
Narpay xorijiy tillar fakulteti
Payariq xorijiy tillar fakulteti
Kechki fakulteti

Foydali saytlar

  • Prezident virtual qabulxonasi
  • Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
  • O`zbekiston Respublikasi Hukumat portali
  • O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Aloqa
  • Samarkand, 140104, UZB, Gagarin 43
  • +998 66 234-29-36
  • +998 78 210-00-18
  • info@samdchti.uz
  • Ishonch telefonlari:
  • +998662382931
© 2026 SamSIFL. All Rights Reserved.
Samarqand davlat chet tillar instituti