Ilmiy uslubiy faoliyat
Yapon filologiyasi kafedrasida professor-o‘qituvchilarning ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish istiqbolli rejasi tuzilgan bo‘lib, rejaning bajarilishi doimiy nazoratga olinishi natijasi o‘laroq kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ayni paytda turli nufuzli ilmiy jurnallar va anjumanlarda ko‘plab ilmiy maqola va tezislar e’lon qilindi. Tasdiqlanlangan reja doirasida kafedradagi ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirish maqsadida bir qator yosh o‘qituvchilar tomonidan ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
2011-2018 yillar davomida SamDChTI va Yaponiyaning Japan foundation o‘quv-ilmiy markazlari bilan tuzilgan hamkorlik shartnomalari asosida kafedraning bir qator professor-o‘qituvchilari ushbu xorijiy o‘quv-ilmiy markazlarida o‘z malakalarini oshirib qaytdilar.
Yapon filologiyasi kafedrasida 2011-2018 yillar davomida Yaponiyadan 10dan ortiq malakali xorijiy mutaxassislar faoliyat ko‘rsatgan bo‘lib, ularning barchasi yapon tilini o‘qitish huquqini beradigan xalqaro sertifikatlar asosida dars berib kelishgan. Bugungi kunda kafedrada 2 nafar yaponiyalik mutaxassis faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
