Ilmiy uslubiy faoliyat
Koreys filologiyasi kafedrasida professor-o‘qituvchilarning ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish istiqbolli rejasi tuzilgan bo‘lib, rejaning bajarilishi doimiy nazoratga olinishi natijasi o‘laroq kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ayni paytda turli nufuzli ilmiy jurnallar va anjumanlarda ko‘plab ilmiy maqola va tezislar e’lon qilindi. Tasdiqlanlangan reja doirasida kafedradagi ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirish maqsadida bir qator yosh o‘qituvchilar tomonidan ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
2011-2018 yillar davomida SamDChTI va Koreya Respublikasi ta’lim muassasalari bilan tuzilgan hamkorlik shartnomalari asosida kafedraning bir qator professor-o‘qituvchilari o‘z malakalarini oshirib qaytdilar.
Koreys filologiyasi kafedrasida 2011-2023 yillar davomida Koreya Respublikasidan kelib faoliyat ko‘rsatgan 20 dan ortiq malakali xorijiy mutaxassislar bo‘lib, ularning barchasi koreys tilini o‘qitish huquqini beradigan xalqaro sertifikatlar asosida dars berib kelishgan. Bugungi kunda kafedrada 1 nafar koreyalik mutaxassis faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
