Xavfsiz turizm sohasiga ishga taklif qilinmoqda, xohlovchilar ariza topshirishlari mumkin!

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasiga tanlov asosida ishga qabul qilishini e'lon qiladi!

Xavfsiz turizm sohasida ishlash istagida bo'lgan nomzodlar 2021-yilning 2-avgustidan 10-avgustiga qadar (shu kuni ham) Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasiga murojaat qilishlari lozim.

Xizmatga kirish uchun talablar.
– Samarqand viloyati hududida doimiy ro'yxatda turgan bo'lishi lozim.

– bo'yining balandligi erkaklar uchun 165 sm'dan kam bo'lmasligi, ayollar uchun 160 sm'dan kam bo'lmasligi lozim.

– 18 yoshdan 30 yoshgacha.

– oliy ma'lumotli hamda xorijiy tillarni "C1" va "C2" CEFR darajasida bilishi lozim.

– yaxshi jismoniy tayyorgarlik va ichki ishlar organlari xodimlariga yuklatilgan vazifalarni bajarish qobiliyatiga ega bo'lishi kerak.

Nomzodlar ishga kirish uchun ariza topshirishga kelganida quyidagi hujjatlar yonida bo'lishi kerak: 

– pasport, 
– diplom ilovasi bilan, 
– harbiy bilet, 
– mehnat daftarchasi,
– tibbiy ma'lumotnoma.

Qo'shimcha ma'lumot uchun telefon: 
+99866-223-59-41
+99866-223-59-39

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2021-08-08 10:00:00 116