Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ishchi guruhi tomonidan Samarqand viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari va umumta’lim maktablari faoliyati bo‘yicha tahliliy-tanqidiy o‘rganish jarayonlari boshlandi.
Mazkur o‘rganishlar orqali viloyatda ta’lim sifati va samaradorligiga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni aniqlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni tashkil etish orqali kadrlar tayyorlash tizimining raqobatbardoshligini oshirish ko‘zlangan.
Shu maqsadda joriy yilning 3-mart kuni Ta’lim inspeksiyasi boshlig‘ining maslahatchisi Abdurahim Nasirov ishtirokidagi ishchi guruh vakillari tomonidan Samarqand davlat chet tillar instituti faoliyati tahliliy o‘rganildi.
Jumladan, kunning birinchi yarmida institut mutasaddilari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi va jarayonda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlanganlik holati, professor-o‘qituvchilarning dars jarayonlariga yondashuvi, talabalarning ta’lim sifatidan qoniqish holati va ularni qiynayotgan muammolar, shuningdek, institutda olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlarining borishi, ilmiy soha bo’yicha amaldagi ishlar va kelgusidagi rejalar, moliyaviy hamda akademik tashkiliy-boshqaruv mustaqillik doirasida belgilab olingan yillik reja, yo’l xaritalari bilan bog‘liq qator masalalarga e’tibor qaratildi.
Uchrashuvdan so’ng, ishchi guruh vakillari talabalar turar joyida ular uchun yaratilgan imkoniyatlar, besh muhim tashabbus doirasida amalga oshirilgan ishlar, ARM fondining o’quv darsliklari va adabiyotlar bilan boyitilganlik holati, talabalar hamda professor-o’qituvchilarning dars mashg’ulotlaridagi ishtiroki, talabalarning xorijiy tillarni o’rganishga bo’lgan ishtiyoqi kabilar o’rganilib chiqildi.

.jpg)
.jpg)



English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
