Amir Temur dunyoda tarixida juda katta nom qoldira olgan buyuk sarkarda, O‘rta asrlarning eng mashhur afsonaviy qo‘mondoni, ulkan imperiya asoschisi. Temuriylar sulolasining bosh bo‘g‘ini, kuchli siyosatchi, hayoti davomida biror marta raqibga yengilmagan buyuk inson. 9-aprel kuni, Amir Temurning tavallud kuni har yili yurtimizda katta tantanalar bilan nishonlanadi. Shu munosabatda bugun Samarqand viloyat hokimligi ishtirokida respublikamiz Qurolli Kuchlari vakillari, Samarqand viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari rektorlari, ta’lim muassasasi tashkilotlari hamda davlat tashkilotlari xodimlari sohibqiron Amir Temur haykali poyiga gul qo‘yishdi.
Sohibqiron poyiga gul qo’yish marosimi bo’lib o’tdi
2022-04-09 18:29:22
159
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
