Ijarada turuvchi talabalarga talaba ham, ijarachi ham daromad solig‘i to‘lamasligi tushuntirildi

Samarqand davlat chet tillar instituti yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i Sh.Suyunov, institut psixologi J.Saydullayev, Narpay Xorijiy tillar fakulteti dekani X.Mamaniyozovlar birgalikda Narpay Xorijiy tillar fakultetida tahsil oluvchi talabalarning yashash sharoitlarini o’rganib chiqishdi.

Jarayon davomida talabalarga yashash joylaridagi texnika va gigiyena qoidalariga rioya qilishlari lozimligi, o‘quv jarayonlari va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol bo‘lishlari hamda turli xil xalqaro va respublika miqiyosida o‘tkazilaytgan tanlovlarda ishtirok etish kerakligi kabi tushuncha va ko‘rsatmalar berib o‘tildi.

Shuningdek, jarayon davomida ijarada turuvchi talabalar ijara to‘lovlarining bir qismini to‘lab berish tizimining mavjudligi va bu borada ijara shartnomasini tuzish joizligi hamda asosiysi bunda ijaraga beruvchi ham, ijarada turuvchi ham ortiqcha to‘lovlar qilmasligi, ya’ni daromad solig‘i to‘lamasligi kabilar ham ta’kidlab o‘tildi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2022-04-29 20:50:42 213