Siena xorijliklar universiteti dotsenti Gallo Andrea Samarqand davlat chet tillar institutida faoliyat boshladi

Samarqand davlat chet tillar instituti xorijiy oliygohlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish borasida mintaqada yetakchi oliygoh bo‘lib kelmoqda desak, mubolag‘a emas. Negaki, bugungi kunga qadar institut 100 ga yaqin nufuzli xorijiy oliygohlar bilan xalqaro hamkorlik aloqalarini davom ettirib kelmoqda. Italiya oliygohlari va ta’lim tashkilotlari ham shular jumlasidandir.

Shu munosabatda Italiyaning Siena xorijliklar universiteti va Samarqand davlat chet tillar instituti o’rtasidagi hamkorlik shartnomasi doirasida Siena xorijliklar universiteti dotsenti Gallo Andrea Samarqand davlat chet tillar institutiga italyan tili o’qituvchisi sifatida taklif etildi. Gallo Andrea institutda ikki oy davomida faoliyat olib boradi.

Bugun, 6-may kuni Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilhomjon To’xtasinov hamda Siena xorijliklar universiteti dotsenti Gallo Andrealar o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuv davomida kelgusida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan fikr-mulohazalar almashinildi va istiqboldagi rejalar belgilab olindi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2022-05-06 17:29:03 325