Professor-o’qituvchilar hamda ishchi xodimlar o’rtasida har yili an’anaviy spartakiada sport musobaqasi o’tkazilib kelinadi. Joriy yilda XXVII spartakiada sport musobaqalariga strat berilganligi haqida xabaringiz bor.
Spartakiada doirasida Samarqand davlat chet tillar institutida 2022-yilning 19-may kuni sportning “Stol tennisi” turi bo’yicha musobaqa bo’lib o’tdi. Natijalarga ko’ra faxrli 1-o’rinni Sharq tillari fakulteti, 2-o’rinni Roman-german tillari fakulteti, 3-o’rinni Ingliz tili I fakulteti qo’lga kiritdi. Shaxsiy birinchilik bellashuvida erkaklar o’rtasida J.Temirov, ayyollar o’rtasida esa N.Isroilovalar 1-o’rinni ega bo’lishdi.
Eslatib o’tamiz, 25-may kuni sportning “Voleybol” turi bo’yicha, 1-iyun kuni “Basketbol” turi bo’yicha, 8-iyun kuni “Gandbol” turi bo’yicha hamda 15-iyun kuni “Futbol” turi bo’yicha musobaqalar o’tkaziladi. Musobaqalar yuqorida ko’rsatilgan sanalarda soat 14:30 da boshlanadi va talabnomalar musobaqadan bir kun oldin vrach tasdig’idan o’tkazilgan holda hakamlarga topshirilishi lozim.





SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
