O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-fevraldagi “2022-yilda Samarqand shahrida o‘tkaziladigan Shanxay Hamkorlik Tashkiloti sammitiga tayyorgarlik ko‘rish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” F-5636-sonli farmoyishida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida maxsus kurslar tashkil etish bo‘yicha Samarqand davlat chet tillar institutning 2021-yil 5-martdagi 146-sonli buyrug‘i chiqarildi.
Unga muvofiq 2022-yilda Samarqand shahrida o‘tkaziladigan Shanxay Hamkorlik Tashkiloti sammiti doirasida tashrif buyuradigan xorijiy delegatsiyalar hamda xorijlik kuzatuvchilarga tarjimon sifatida hamrohlik qilish uchun tarjimonlik bo‘yicha ma’lum tajribaga ega, avval shunday tadbirlarda ishtirok etgan o‘qituvchilar hamda talabalar orasidan jami 400 nafar ko‘ngilli tarjimonlar ro‘yxati shakllantirildi.
Ularning 200 nafarini professor-o‘qituvchilar, 200 nafarini esa talabalar tashkil etadi. Bundan tashqari 110 nafar talabalar zahira ro‘yxat sifatida shakllantirildi. O‘qituvchi va talabalarning 80% koronavirusga qarshi buster doza bilan emlangan. Tarjimonlar guruhi 11 ta til bo‘yicha: rus, xitoy, ingliz, nemis, fransuz, italyan, ispan, yapon, koreys, arab va turk tillari bo‘yicha shakllantirildi.
Kuni kecha, 2-avgust kuni Samarqand davlat chet tillar institutida sammit doirasida tashrif buyuradigan xorijiy delegatsiyalar hamda xorijlik kuzatuvchilarga tarjimon sifatida hamrohlik qiluvchi professor-o’qituvchilarning tayyorgarlik muhokamasi bo’lib o’tdi.
Jarayon davomida oliy darajadagi sammitni o‘tkazishga juda katta e’tibor berilayotganligi, tarjimonlar faoliyati davomida yuzaga keladigan masalalar, xorijlik delegatsiya a’zolari bilan muloqot jarayonida odob-axloq qoidalariga alohida e’tibor berish lozimligi, Shanxay Hamkorlik Tashkiloti tarixi, a’zo davlatlar va boshqa ma’lumotlarni batafsil o‘rganish lozimligi alohida ta’kidlandi.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan ko‘ngilli tarjimonlar uchun maxsus uniforma (futbolka va kepka) tayyorlanishi ta’kidlandi. Samarqand viloyati turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi hamda “Ipak Yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetidan mutaxassislarni jalb etgan holda joriy yilning 8-, 10-, 12-avgust kunlari Samarqand davlat chet tillar institutida ko‘ngilli tarjimonlar uchun maxsus o‘quv kursi tashkil etilishi belgilandi. Albatta, bu borada ko‘ngilli tarjimonlar uchun maxsus “Tavsiyanoma” va “Yo‘riqnoma”lar ishlab chiqiladi.








SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
