Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universitetida “AYREG – akademik reytinglar” xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Unda “Times Higher Education”, “QS”, “Webometrics” kabi dunyoning nufuzli xalqaro reyting tashkilotlari rahbarlari, Kanada, Braziliya, Germaniya, Niderlandiya, Vengriya, Ruminiya, Polsha, Xitoy, Singapur, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Qatar, BAA, Qozog‘iston va O‘zbekiston universitetlarining rahbariyati vakillari, xususan, Samarqand davlat chet tillar instituti mas’ullari hamda ekspertlardan iborat jami 100 nafarga yaqin qatnashchi ishtirok etdi.
Qayd etish joizki, mazkur tadbirning o‘tkazilishi O‘zbekiston yetakchi oliy ta’lim muassasalarining nufuzli xalqaro reytinglarda yuqori o‘rinlardan joy olishi hamda xalqaro reyting tashkilotlarining rahbarlari va ekspertlari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalar o‘rnatishga xizmat qiladi.








SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
