“Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da muhtaram Prezidentimiz umumta’lim maktablarida xorijiy tillarning o’qitilish sifatini yanada oshirish va har bir maktab bitiruvchisi ikkita xorijiy tilni mukammal egallashi kabilarga alohida urg’u berdilar.
Shu munosabat bilan, Samarqand shahrida joylashgan Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari angentligi tizimidagi Samarqand shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida xitoy tilining o’qitilishi yo’lga qo’yildi. Batafsil aytadigan bo’lsak, maktabda Samarqand davlat chet tillari instituti qoshidagi Konfutsiy institutining o’quv jarayonlariga jalb etilgan xitoylik xitoy tili o’qituvchilari faoliyat ko’rsatishadi. Darslar mutlaqo bepul tashkil etiladi va unda maktab o'quvchilari bir qatorda o'qituvchilar ham ishtirok etishi mumkin.
Bugun, 23-may kuni maktabda tahsil olayotgan o’quvchilar hamda o'qituvchilar ishtirokida maxsus "Xitoy tili xonasi"ning ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Jumladan, o'quv jarayonlarining davom etish tartibi va kelgusida amalga oshiriladigan ishlar batafsil tanishtirildi. Ma’lumot o’rnida aytish joiz, maktab-internat 300 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, oshxona, yotoqxona, sport maydonlari va zamonaviy o‘quv jihozlari bilan ta’minlangan. O‘quvchilar 5 mahal davlat tomonidan bepul ovqatlantiriladi.










SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
