G'oliblik muborak bo'lsin!

Samarqand shahridagi yoshlar markazida Oliy Majlis Senati hamda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan o‘tkazib kelinayotgan “Yil ayoli” ko‘rik-tanlovining viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Jamiyat hayotida faol ishtirok etayotgan, har jihatdan ibratli xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, gender tenglikni ta’minlash borasida olib borilayotgan islohotlarni keng targ‘ib qilish va jamoatchilikka yetkazishni maqsad qilgan mazkur tanlovda viloyatniing barcha shahar va tumanlarida faol ayollar ishtirok etdi.

Unda Samarqand davlat chet tillar instituti tyutori Marjona Javatova ham ishtirok etib, "O'z kasbining jonkuyar fidokori" nominatsiyasi bo'yicha g'oliblikni qo'lga kiritdi. Marjona Javatovaga kelgusida bundan-da katta yutuqlariga erishishida tilakdoshmiz!

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2023-11-22 18:50:29 88