Samarqand davlat chet tillar instituti faoliyati davomida 100 dan ortiq nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalari hamda dunyoning yetakchi ta’lim tashkilotlari, xususan, Ispaniya oliy ta’lim muassasalari hamda ta’lim tashkilotlari bilan ham hamkorlik aloqalarini mustahkamlab kelmoqda.
Shu munosabatda joriy yilning 23/24 noyabr kunlari Ispanyaning Kadiz Universitetida O’zbekiston va Ispaniya oliygohlari rektorlari uchrashuvi bo'lib o'tdi. Mazkur tadbir doirasida Kadiz Universiteti rektori Francisco Piniella va Samarqand davlat chet tillar institutida rektori v.v.b. Fazliddin Ro’ziqulovlar o’rtasida onlayn uchrashuv o’tkazildi va uchrashuv jarayonida Samarqand davlat chet tillar institutida “Ispan-O’zbek tili markazi”ning ochilish marosimi o’tkazildi.
Jumladan, unda tomonlar o’rtasida o'zaro hamkorlik masalalari kelishib olindi hamda markaz uchun 40 ga yaqin ispan tilidagi darsliklar, o’quv adabiyotlari va baddiy adabiyotlar tuhfa qilindi.








SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
