Samarqand davlat chet tillar instituti Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo’lib o’tdi. Kengash a’zolari va tegishli mas’ullar ishtirok etgan tadbirni institut rektori B.Xoliqov olib bordi.
Dastlab Kengashda ijro intizomi ko’rib chiqildi. Institutda Davlat dasturlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buyruqlari, farmoyishlari hamda institut Kengashi qarorlarining bajarilish masalasi muhokama qilindi.
Kengash a’zolariga o’quv ishlari bo‘yicha prorektor U.Jumanazarov Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-avgustdagi 246-son qarori bilan “Oliy ta’lim muassasalari xodimlarini tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizom” asosida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida axborot berdi. Malakali mutaxassis-kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo’yish tizimda ish samaradorligini oshirishi alohida ta’kidlandi.
Institutda fan va ishlab chiqarish o‘rtasida o‘zaro innovatsion hamkorlikni amalga oshirishning ahvoli va kafedralarda xo‘jalik shartnomalarini shakllantirish borasida qilingan ishlar haqida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor O.G‘aybullayevning axboroti tinglandi. Unda fan yutuqlarini xalq xo’jaligiga qo’llashning ahamiyati haqida so’z yuritildi.
Moliya va iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor U.Ishmatov institut o’quv binolari va talabalar turar joylarini 2024/2025 yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi to‘g‘risida axborot berdi. Yog’in-sochinli mavsumda har bir xonada harorat me’yorda bo’lishini ta’minlash choralari ko’rilgani aytildi.
Shunigdek, Kengashda iqtidorli talabalarning ilmiy mavzulari va rahbarlarini tasdiqlash, talabalarning o‘zlashtirishi bo‘yicha 2-yarim yillik hamda 2023-2024-o‘quv yili yakunlari to‘g‘risida, institut professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan monografiyalarni nashrga tavsiya etish, institut “Yosh tilshunos olimlar jamiyati” Nizomni tasdiqlash, fakultetlarda xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchilariga ustama belgilash to‘g‘risidagi masalalar muhokama qilindi.
Kun tartibida belgilangan barcha masalalar yuzasidan Kengashning tegishli qarorlari qabul qilindi.







SamDCHTI Axborot xizmari
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
