Mamlakatimizda mehmon bo’lib turgan “Euronews” telekanali direktorlar kengashi raisi Pedro Vargas David boshchiligidagi delegatsiya Samarqand viloyati hokimining o’rinbosari Rustam Qobilov hamrohligida tashkil topganining 30 yilligi nishonlayotgan Samarqand davlat chet tillar institutidagi bayram tadbirlariga qatnashdi.
Mehmonlar institut hovlisida tashkil etilgan Madaniyatlar festivalini tomosha qilishdi. Ta’kidlash joizki, institutda talabalarga dunyoning 10 dan ortiq tillari o’qitiladi. Shuningdek, o’sha xalqlar madaniyati, san’ati, urf-odat va an’analarini o’rganishmoqda.
Festivalda institut professor-o’qituvchilari va talabalar tomonidan ana shu xalqlarning urf-odat va an’analari, milliy kiyimlari, ashula va raqslari namoyish etildi. Milliy taomlari tayyorlanib, institut jamoasi va tadbirga tashrif buyurgan mehmonlarga tortiq qilindi.
Buyuk Ipak yo’li chorrahasida joylashgan Samarqandning dunyo tamadduni va turfa madaniyatlar rivojiga qo’shgan hissasi nechog’lik ulkan ekanini, bugun ham azaliy an’analar bu zaminda davom etayotganini ko’rsatib berdi.
Yubiley munosabati bilan tashkil etilgan Madaniyatlar festivali mehmonlarda chuqur taassurot qoldirdi.





.jpg)



SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
