Samarqand davlat chet tillar institutida mehmon bo‘lib turgan Qozog‘iston Respublikasining E. Buketov nomidagi Karaganda davlat universiteti delegatsiyasi a’zolari — Xorijiy tillar fakulteti dekani, professor Gulnaz Tleujanova va Xorijiy tillar filologiyasi kafedrasi mudirasi Alfiya Kitibaevalarni Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Bahodir Xoliqov qabul qildi.
Uchrashuvda har ikki oliygoh o‘rtasida samarali hamkorlikni amalga oshirish, o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, qozog‘istonlik talabalar uchun o‘zbek, rus, ingliz va turk tillari kurslarini tashkil etish, hamkorlikda ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish masalalari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi.




SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
