“Zakovat” intellektual o’yinining bosh maqsadi – talaba yoshlarni haqiqiy bilim maydonida birlashtirish, sog’lom raqobatni shakllantirish, do’stlar orttirish, hurmat-e'tibor qozonish, o’tib borayotgan vaqtni mazmunli o’tkazish, bilmagan narsalarni bilib olish, ham g’oliblik, ham mag’lubiyat nashidasini ta'tib ko’rishdan iborat.
Ushbu maqsadlarni ilgari surgan holda Samarqand davlat chet tillari instituti talabalaridan iborat jamoalar ishtirokida "Zakovat” intellektual o’yini o'tkazildi. Ushbu bellashuvda fakultet tyutorlari hamda talabalar faol ishtirok etishdi. G’olib bo’lgan jamoalar institut miqiyosida o’tkaziladigan yuqori bosqich o’yinlarida qatnashishadi.







SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
