Samarqand davlat chet tillar instituti Yevropa ta’lim sifati agentligidan (EQAA — European Quality Assurance Agency) institutsional akkreditatsiyadan o‘tganidan xabaringiz bor. Mazkur akkreditatsiya institutning ta’lim, boshqaruv va ilmiy faoliyati xalqaro standartlarga javob berishini tasdiqlagani bilan ahamiyatli bo‘ldi.
Shuningdek, SamDCHTI diplomi butun dunyo miqyosida tan olinadigan, xalqaro grantlar va dasturlarda ishtirok etish, talabalar va o‘qituvchilar almashinuvi, bitiruvchilarning xalqaro mehnat bozorida raqobatbardoshligini oshirish, dunyoning TOP 1000 ta o’rindagi oliy o‘quv yurtlari qatoridan joy olish borasida ham keng imkoniyatlar eshigini ochadi.
Bugungi tadir davomida SamDCHTIga Yevropa ta’lim sifati agentligi (EQAA — European Quality Assurance Agency) tomonidan akkreditatsiyadan o'tganligi to'g'risidagi sertifikatni tantanali topshirish marosimi ham bo'lib o'tdi.
Yevropa ta’lim sifati agentligi (EQAA) Bosh direktori, professor Bastian Baumann, Italiyaning Perudjiy xorijliklar universiteti rektori, professor Valerio de Chezaris janoblari va Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari Husan To‘xtayevlar institut jamoasi salohiyatini e’tirof etishdi va erishilgan ulkan yutuq bilan tabriklashdi.
Shundan so‘ng janob Bastian Baumann institut rektori Bahodir Xoliqovga Yevropa ta’lim sifati agentligi tomonidan akkreditatsiyadan o'tganligi to'g'risidagi sertifikatni tantanali ravishda topshirdi.
Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
