Samarqand davlat chet tillar institutida yoshlarning dunyoqarashi va ijodiy salohiyatini oshirishga xizmat qiluvchi ilhomga boy davra suhbatlari bo‘lib o‘tdi.
Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakultetida taniqli yozuvchi, shoir va jurnalist Farmon Toshev ishtirokida o‘tkazilgan suhbatda mehmon yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida to‘xtaldi. Ularga yuksak maqsadlarga erishish yo‘lida kerak bo‘ladigan muhim maslahatlar berdi. Hayotiy tajribalari bilan bo‘lishgan ijodkor o‘z ijodidan namunalar o‘qib berdi. Tadbirda faol qatnashgan talabalarga kitoblar tuhfa qilindi.
Bunday tadbirlar talabalarda nafaqat bilim, balki ma’naviy boylik, vatanparvarlik va fidoyilik tuyg‘ularini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.


.jpg)



Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
