Muammo va kamchiliklarni bartaraf etish masalalariga bag‘ishlangan tadbir o’tkazildi

Samarqand davlat chet tillar instituti rektori B. Xoliqov ishtirokida ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga to‘sqinlik qilayotgan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish masalalariga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.

Yig‘ilishda soha prorektorlari, fakultet dekanlari, bo‘lim boshliqlari hamda kafedra mudirlari ishtirok etishdi.

Ma’lumki, oliygohda dars mashg‘ulotlari o‘tkaziladigan barcha bino va xonalarda o‘quv jarayonining shaffofligini ta’minlash, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish maqsadida kuzatuv kameralari o‘rnatilgan. Ushbu jarayonlar “Situatsion markaz” orqali muntazam ravishda monitoring qilinib boriladi.

Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda institut ichki tartib-qoidalariga rioya qilmayotgan ayrim professor-o‘qituvchilarning o‘z xizmat vazifalariga mas’uliyatsiz yondashayotgani, bu holat esa darslarning sifati va samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani alohida ta’kidlandi. Shuningdek, davomat masalalari, bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash hamda ta’lim jarayonida uchrayotgan boshqa dolzarb muammolar ham atroflicha muhokama qilindi.

Tadbir davomida institut rektori mavjud kamchiliklarning kelib chiqish sabablari hamda ularning ta’lim sifatiga ko‘rsatayotgan salbiy oqibatlari haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi. Mas’ullar qat’iy ogohlantirildi va muammolarni bartaraf etish yuzasidan ularga aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Samarqand davlat chet tillar insstituti Axborot xizmati

 

Share:
2026-03-19 14:00:44 7