Erasmus+ dasturi doirasida Samarqand davlat chet tillar institutining xalqaro akademik hamkorlik aloqalari kengayib bormoqda

Joriy yilning 4–8-may kunlari institut vakillari – Ispan va italyan filologiyasi kafedrasi mudiri A. Shomahmudova hamda kafedra katta o‘qituvchisi S. Jalilovalar Erasmus+ KA171 Staff Mobility dasturi doirasida Ispaniyaning Uelva davlat universitetida tashkil etilgan xalqaro “Staff Week” haftaligida ishtirok etishdi.

Haftalik doirasida ishtirokchilar uchun ta’lim tizimida zamonaviy pedagogik yondashuvlar, universitet boshqaruviga oid ma’ruzalar, seminar-treninglar, tajriba almashish sessiyalari va universitet infratuzilmasi bilan tanishuv dasturlari tashkil etildi. Tadbir davomida turli davlatlardan tashrif buyurgan mutaxassislar bilan akademik tajriba almashilib, yangi hamkorlik aloqalariga asos solindi.

Tashrif davomida ispaniyalik hamkorlaoliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi akademik hamkorlikni rivojlantirish, xalqaro aloqalarni mustahkamlash, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi imkoniyatlarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, Erasmus+ dasturlari doirasidagi istiqbolli loyihalar, qo‘shma ilmiy tashabbuslar va kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari yuzasidan samarali uchrashuvlar tashkil etildi.

Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati

Share:
2026-05-11 17:25:30 17