Joriy yilning 3–9-may kunlari Samarqand davlat chet tillar institutida Rossiyaning N.I. Lobachevskiy nomidagi Nijniy Novgorod davlat Milliy tadqiqot universiteti hamda Rossiya Milliy tadqiqot universiteti ”Oliy iqtisodiyot maktabi” bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Samarqand – madaniyatlararo muloqot xalqaro yozgi maktabi” mashg‘ulotlari yakuniga yetdi.
Institutning xalqaro ta’lim xizmatlari ko‘lamini kengaytirish va xorijlik talabalar bilan akademik va madaniy aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida tashkil etilgan mazkur loyihada tinglovchilar uchun inson kapitalini rivojlantirish va resurslarni boshqarish texnologiyalari, madaniyatlararo kompetensiya va samarali muloqot strategiyalari, ko‘p tillilik sharoitida zamonaviy til muhiti va transformatsiya jarayonlari kabi mavzularda interaktiv mashg‘ulotlar tashkil etildi.
Yozgi maktabda ishtirok etgan 15 nafar rossiyalik talaba Samarqandning boy tarixiy-madaniy merosi, milliy qadriyatlari va betakror ma’naviy muhiti bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Dastur yakunida barcha tinglovchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi. Tantanali marosimda so‘zga chiqqan institutning Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori J. Nasrullayev ishtirokchilarning faolligi, yangi bilimlarni egallashga bo‘lgan ishtiyoqi hamda madaniyatlararo muloqotga kirishish qobiliyatlarini yuqori baholadi.
Bu kabi tadbirlar nafaqat bilim almashish, balki xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini mustahkamlashga ham xizmat qiladi.


.jpg)
.jpg)



Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
