Uchrashuvda oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi akademik hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning tajriba almashinuvi, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini o‘quv jarayoniga tatbiq etish hamda kelgusida bo‘ladigan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar ta’lim, ilm-fan va innovatsion pedagogika sohalarida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.
Tashrif doirasida O‘sh davlat universiteti Xalqaro ta’lim dasturlari kolleji professor-o‘qituvchilari SamDChTIning “Innovatsion ta’lim texnologiyalari va metodlari” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan “Doska va bo‘rdan chat-botlargacha: o‘qitish jarayonining evolyutsiyasi” (“From Chalk to Chatbots: The Evolution of Teaching”) mavzusidagi seminar-treningda ishtirok etishmoqda.
Ishtirokchilar mazkur seminar-treningda zamonaviy pedagogik yondashuvlar, sun’iy intellekt vositalaridan ta’lim jarayonida samarali foydalanish, raqamli texnologiyalar asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirish kabi masalalar yuzasidan fikr almashishadi.







Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
