Samarqand davlat chet tillar institutining 7 nafar professor-o‘qituvchisi Qozog‘istonda stajirovka o’tab qaytdi

Samarqand davlat chet tillar institutining 7 nafar professor-o‘qituvchisi Qozog‘iston Respublikasining Karaganda milliy tadqiqot universitetida qisqa muddatli ilmiy stajirovka va akademik mobillik dasturida ishtirok etib qaytdi.

Safar davomida institut vakillari universitetning ta’lim jarayoni, fakultet va kafedralar faoliyati, o‘quv-uslubiy ishlarni tashkil etish tajribasi, ilg‘or pedagogik texnologiyalar hamda raqamli o‘qitish usullari bilan yaqindan tanishdilar.

Shuningdek, ular akademik mobillik dasturi doirasida universitet professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilari va talabalari uchun jami 16 soat hajmida tarjima nazariyasi va amaliyoti, xorijiy tillarni o‘qitish metodikasi, zamonaviy pedagogik yondashuvlar hamda raqamli ta’lim texnologiyalariga bag‘ishlangan ma’ruzalar o‘qishdi.

Xizmat safaridan qaytgan professor-o‘qituvchilarni institut rektori B.Xoliqov qabul qilindi. Uchrashuvda safar davomida erishilgan natijalar, o‘rganilgan tajribalar, kelgusida hamkor universitet bilan qo‘shma ilmiy-uslubiy ishlar, akademik almashinuv va ta’lim sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi va galdagi vazifalar belgilab olindi.

Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati

Share:
2026-05-13 20:29:46 10