Samarqand davlat chet tillar institutida zamonaviy ta’lim va mehnat bozori o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni mustahkamlash, bitiruvchilarning munosib ish o‘rinlariga ega bo‘lishiga ko‘maklashish hamda talabalarning amaliy ko‘nikmalarini tizimli rivojlantirishga qaratilgan amaliy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda institut rektori Bahodir Xoliqov, Migratsiya agentligining Jizzax hududiy filiali rahbari Sherzod Amanov, Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumani hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Ulug‘bek Rustamov, Mirzacho‘l tumani 1-son texnikumi direktori Doston Turopov hamda “Gagarin Study” markazi rahbari Shahro‘z Ortiqboyevlar ishtirok etishdi.
Muloqot davomida dastlab institutning yapon va nemis tili yo‘nalishlari bitiruvchilarining bandligini ta’minlash hamda bitiruvchi kurs talabalarining malakaviy amaliyotlarini samarali tashkil etish masalalari atroflicha muhokama qilinib, aniq kelishuvlarga erishildi.
Shuningdek, istiqbolda institutning boshqa mutaxassislik yo‘nalishlari bitiruvchilarining ham kasbiy salohiyatidan unumli foydalanish, talabalar uchun amaliyot bazalarini yanada kengaytirish hamda o‘zaro hamkorlik ko‘lamini oshirish yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida mazkur yo‘nalishlardagi aloqalarni tizimli davom ettirish maqsadida tomonlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
