Samarqand davlat chet tillar institutining bir guruh talaba yoshlari, professor-o‘qituvchilari hamda ishchi-xodimlari mamlakatimiz poytaxtida joylashgan Islom sivilizatsiyasi markazini ziyorat qilishdi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi bayrami arafasida tashkil etilgan ushbu safar davomida ishtirokchilar istiqlol yillarida Toshkent shahrida amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdilar. Ayniqsa, muhtasham Islom sivilizatsiyasi markazi, undagi nodir eksponatlar hamda zamonaviy vizual ma’lumotlar sayohatchilarda katta taassurot qoldirdi.
Ma’lumki, jahon sivilizatsiyasi va ilm-fan rivojida islom olamining, xususan, zaminimizdan yetishib chiqqan buyuk ajdodlarimizning o‘rni beqiyos. Sayohat davomida institut vakillari ulug‘ allomalarimizning boy ma’naviy-ilmiy merosiga oid qimmatli manbalar bilan tanishishdi.
Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
