Samarqand davlat chet tillar institutida institut Kengashining 2026–2027-o‘quv yilidagi birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi



 

Institut rektori B.Xoliqov raisligida o‘tgan yig‘ilishda dastlab oliygohning yangi o‘quv yilidagi ustuvor vazifalari, davlat dasturlari va me’yoriy-huquqiy hujjatlar ijrosi hamda tashkiliy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar rejasi atroflicha muhokama qilindi.

Tadbirda yangi o‘quv yilida o‘quv jarayonini samarali tashkil etish, bakalavriat va magistratura yo‘nalishlarining o‘quv rejalari hamda jadvallarini tasdiqlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, talabalarni ijara xonadonlari va talabalar turar joylariga joylashtirish yuzasidan mas’ullarning axborotlari tinglanib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Shundan so‘ng pedagog-xodimlar va kafedralar faoliyatining KPI (muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari) bo‘yicha yillik reytingi natijalari sarhisob qilinib, ilmiy izlanuvchilarning dissertatsiya mavzulari hamda ilmiy rahbarlarini biriktirish masalasi ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilish kun tartibidan o‘rin olgan masalalar yuzasidan Kengashning tegishli qarorlari qabul qilindi.

Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati

Share:
2026-09-07 16:10:35 9