Samarqand davlat chet tillar institutida yangi o‘quv yili ko‘tarinki ruhda boshlandi!



Birinchi bosqich talabalari, ularning ota-onalari hamda professor-o‘qituvchilar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Dastlab O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi yangradi.

Tadbirda so‘zga chiqqan institut rektori Bahodir Xoliqov va boshqalar talabalik sharafiga muyassar bo‘lgan yoshlarni, ularning ota-onalari hamda ustozlarini qo‘lga kiritilgan yutuqlari hamda yangi o‘quv yili bilan muborakbod etishdi. Tadbirda davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev boshchiligida ta’lim sohasida olib borilayotgan tub islohotlar, yoshlarga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik, yaratilayotgan imkoniyatlar alohida e’tirof etildi.

Shundan so‘ng oliygohga eng yuqori ball bilan o‘qishga qabul qilingan iqtidorli talabalarga institut jamoasining sovg‘alari topshirildi.

Tantanali qismdan so‘ng “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yarataylik!” shiori ostida birinchi bosqich talabalari uchun “Mustaqillik darsi” boshlandi.

Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati

Share:
2026-09-07 16:12:16 7