Hurmatli talabalar!
Janubiy Koreyaning Joongbu universitetida tahsil olish imkoniyatidan foydalaning!
Samarqand davlat chet tillar instituti va Janubiy Koreyaning Joongbu universiteti o‘rtasida imzolangan hamkorlik shartnomasiga muvofiq 2027-yilning bahorgi semestrida (1 semestr davomida) talaba almashinuvi (Exchange Program) dasturida ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar uchun tanlov e’lon qilinadi.
Tanlovda SamDChTI bakalavriatining 2-3-bosqich talabalari, SamDChTI magistraturasining 1-bosqich talabalari ishtirok etishlari mumkin. Nomzod koreys tilini bilish darajasini tasdiqlovchi TOPIK 3 yoki undan yuqori darajadagi sertifikatga ega bo‘lishi lozim.
TANLOV IKKI BOSQICHDAN IBORAT:
1-bosqich – Ichki saralash bo‘lib, Nomzodlar SamDChTI maxsus komissiyasi tomonidan saralab olinadi.
2-bosqich – Onlayn suhbat bo‘lib, saralangan nomzodlar Joongbu universiteti mas’ullari tomonidan o‘tkaziladigan onlayn suhbatda ishtirok etadilar. Suhbat natijalariga ko‘ra 2 nafar talabaga grant taqdim etiladi.
DASTUR SHARTLARI
Ta’lim muassasasi: Joongbu universiteti, Chungcheong kampusi.
Ta’lim yo‘nalishi: Koreys tili mutaxassisligi bo‘yicha koreyalik talabalar bilan birgalikda tahsil olish.
O‘quv to‘lovi: 100 foiz miqdorida Joongbu universiteti granti hisobidan qoplanadi.
Universitet yotoqxonasi: Yotoqxona to‘lovi talaba tomonidan qoplanadi. 6 oy uchun 1 090 000 KRW.
Ta’lim olish muddati: 2027-yil 1-martdan 30-iyungacha.
Dastur yakunlangach: Darslar tugaganidan so‘ng talaba O‘zbekistonga qaytishi lozim.
O‘quv yuklamasi: Talaba 15–20 kredit miqdorida mutaxassislik fanlarini o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
RO‘YXATDAN O‘TISH TARTIBI
Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlarni elektron pochta orqali yuboring:
1. TOPIK sertifikati;
2. Akademik transkript (Transcript of Records).
Elektron pochta manzili: intdep@samdchti.uz
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
