Samarqand davlat chet tillar instituti Roman-german tillari fakultetida Fransiyaning «Orient Voyages» sayyohlik agentligi vakillari hamda ular hamrohligida tashrif buyurgan 31 nafar fransiyalik sayyoh bilan muloqot tashkil etildi.
Uchrashuvda Roman-german tillari fakulteti dekani A. Qodirov hamda “Fransuz filologiyasi” kafedrasi mudiri U. Boboyevlar mehmonlarga institut va fakultet faoliyati hamda kafedralarda yaratilgan sharoitlar haqida atroflicha ma’lumot berishdi.
Tadbir davomida O‘zbekistonda fransuz tilini o‘rganish va o‘qitish masalalari, SamDCHTI hamda Fransiya universitetlari o‘rtasidagi qo‘shma loyihalar va xalqaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Shuningdek, talabalar Fransiyaning Puatye va Monpelye universitetlaridagi akademik mobillik dasturlari doirasida orttirgan tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.
Uchrashuv yakunida mehmonlar fakultet kutubxona fondi uchun fransuz tilidagi badiiy adabiyotlarni sovg‘a qilishdi. Bunday muloqotlar xalqaro aloqalarni mustahkamlash, til va madaniy almashinuvni rivojlantirish hamda talabalar uchun yangi akademik imkoniyatlar ochishda muhim o‘rin tutadi.




Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
