English Русский Francais Deutsch Spain
  • Karyera markazi
  • BARQAROR RIVOJLANISH MAQSADLARI
  • Korrupsiyaga qarshi kurash

Samarqand davlat chet tillar instituti

  • Yangiliklar
    • Yangiliklar
    • E'lonlar
    • Yashil universitet
    • Ekofaol talabalar
    • Ogohlik - davr talabi
  • Institut tuzilmasi
    • Institut nizomi
    • Institut haqida
    • Institut tuzilmasi
    • Institut missiyasi
    • Rahbariyat
    • Fakultetlar
      • Ingliz tili fakulteti
      • Roman-german tillari fakulteti
      • Sharq tillari fakulteti
      • Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti
      • Narpay xorijiy tillar fakulteti
      • Payariq xorijiy tillar fakulteti
      • Kechki fakulteti
    • Kafedralar
      • Ingliz tili tarixi va grammatikasi kafedrasi
      • Ingliz tili leksikologiyasi va stilistikasi kafederasi
      • Ingliz tili kafedrasi
      • Innovatsion ta'lim texnologiyalari va metodika kafedrasi
      • Ingliz tili nаzаriyаsi kafedrasi
      • Gumanitar fanlar va axborot texnologiyalar kafedrasi
      • Ingliz tili nazariy aspektlari kafedrasi
      • Fransuz tili va adabiyoti kafedrasi
      • Nemis filologiyasi kafedrasi
      • Rus filologiyasi kafedrasi
      • Ispan va italiyan tillari filologiyasi kafedrasi
      • O'zbek tili, jurnalistika va kompyuter lingvistikasi kafedrasi
      • Yaqin sharq tillari kafedrasi
      • Yapon filologiyasi kafedrasi
      • Qo’shma ta’lim dasturlari kafedrasi
      • Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi
      • Ingliz filologiyasi kafedrasi
      • Ingliz tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi
      • Umumiy fanlar kafedrasi (Payariq)
      • Umumiy fanlar kafedrasi (Narpay)
      • Ikkinchi chet tillar kafedrasi
      • Ingliz tili o’qitish metodikasi kafedrasi
      • Koreys filologiyasi kafedrasi
      • Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat kafedrasi
      • Qiyosiy adabiyotshunoslik kafedrasi
      • Xitoy filologiyasi kafedrasi
    • Markaz va bo'limlar
      • O‘quv-uslubiy boshqarma
      • Marketing va talabalar amaliyoti bo'limi
      • Accountant
      • Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limi
      • Xalqaro hamkorlik bo'limi
      • Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi
      • Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi
      • Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo'limi.
      • Xalqaro reytinglar bo'yicha ishlash bo'limi
      • Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi
      • Yoshlar ittifoqi
      • Devonxona va arxiv
      • Iqtidorli talabalar ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi
      • Raqamli ta'lim texnologiyalari markazi
      • Talabalarni turar joy bilan ta'minlashni muvofiqlashtirish bo'limi
      • Registrator ofisi
      • Axborot-resurs markazi
    • Professorlar va o'qituvchilar
    • Malaka oshirish va qayta tayyorlash markazi
    • Akademik litsey
  • Faoliyat
    • Ilmiy faoliyat
      • Ilmiy kengash
      • Ilmiy tadqiqot faoliyati
      • Ilmiy jurnallar
      • Ustoz-shogird maktabi
      • Istiqbol rejalar
      • Institut kengashi
      • Dissertatsiya va avtoreferatlar
      • Ilmiy tadqiqot yo'nalishlari
      • Malakaviy imtihonlar
      • Ilmiy tadqiqotga oid hujjatlar to'plami
      • Ilmiy tadbirlar
      • Ilmiy tadqiqotga oid e'lonlar
      • Nashr ishlari
      • Ilmiy maqolalar
      • Ready innovative projects
      • Mening innovasion g'oyam
    • Xalqaro hamkorlik bo'limi
      • Xalqaro hamkor tashkilotlar
      • ERASMUS+
      • XORIJ SAFARLARI (malaka oshrish stajirovka v.b)
      • Jalb etilgan sarmoyalar va grantlar
      • Amaldagi loyihalar
      • Xorijlik mutaxassislar
      • Grantlar va stipendiyalar
      • Xorijiy Til Sifatida Turk Tili O'qituvchisi Qo'shma Sertifikat Dasturi
      • Yabancı Dil Olarak Türkçe Öğreticisi Sertifika Programı
    • Moliyaviy faoliyat
      • Buxgalteriya
      • Moddiy texnik baza
      • Ochiq ma'lumotlar
    • Madaniy-ma'rifiy
      • Madaniy va ma'rifiy tadbirlar
      • Talabalar hayoti
      • Sport tadbirlari
      • Institut psixologi
    • Registrator ofisi
    • Kredit modul tizimi
      • Meyoriy huquqiy hujjatlar
      • O'quv rejalar
      • O'quv dasturlari
    • Masofaviy ta'lim
    • Alumni Club
    • SamDCHTIda Konfutsiy instituti
    • Karyera markazi
    • Kasbga yo'naltirish kurslari
    • Korrupsiyaga qarshi kurash
  • Abituriyent
    • Bakalavriat
      • Eslatma
      • Qabul nizomi
      • Qabul kvotasi
      • Qabul hujjatlari to'plami
      • Imtihon fanlar ro’yxati
      • O'tish ballari
      • Qabul komissiyasi joylashgan o'rni
    • Magistratura
      • Eslatma
      • Qabul nizomi
      • Qabul kvotasi
      • Qabul hujjatlari to'plami
      • Magistratura mutaxasisliklariga milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro'yxati
      • Magistraturaga oid buyruqlar
      • Qabul komissiyasi joylashgan o'rni
  • Talabalar
    • Bakalavriat
      • Yo'riqnoma
      • Dars jadvali
      • O'zlashtirish
      • Davomat
      • Iqtidorli talabalar
      • Stipendiyalar
      • Talabalar turar joylari
      • Davlat imtihonlari
      • Bitiruv malakaviy ish himoyasi
      • Shartnoma narxlari
    • Magistratura
      • Yo'riqnoma
      • Dars jadvali
      • O'zlashtirish
      • Davomat
      • Iqtidorli talabalar
      • Stipendiyalar
      • Talabalar turar joylari
      • Davlat imtihonlari
      • Magistrlik disertasiyasi himoyasi
      • Shartnoma narxlari
  • Xorijiy talabalar
    • Xorijlik talabalar qabuli
    • Academic Calendar for 2024-2025
    • Video
    • Broshyuralar
    • Student's accommodation
    • International Summer School 2026
  • Hujjatlar
    • Prezident farmon va qarorlari
    • Hukumat qaror va dasturlar
    • Vazirlikning buyruqlar va kollegiya qarorlari
    • Insitut tomonidan qabul qilingan normativ-uslubiy va ijro hujjatlar
  • Aloqa
Home Kafedralar Ingliz tili kafedrasi Ilmiy uslubiy faoliyat

Ilmiy uslubiy faoliyat

Ingliz tili kafedrasida ilmiy-uslubiy faoliyat ingliz tilini o‘qitish, chog‘ishtirma tilshunoslik, lingvopragmatika, kognitiv tilshunoslik, diskurs tahlili, leksik kompetensiya, mamlakatshunoslik va lingvomadaniyatshunoslik yo‘nalishlarida olib boriladi. Kafedra professor-o‘qituvchilari o‘quv jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish, amaliy mashg‘ulotlarni takomillashtirish, talabalar kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish va ilmiy-tadqiqot ishlarini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratadilar.

PhD dissertatsiya himoyalari va ilmiy yutuqlar

Ingliz tili kafedrasida ilmiy-tadqiqot ishlari izchil rivojlanib bormoqda. Kafedraning ilmiy salohiyati 46 foizni tashkil etadi. Kafedrada filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) hamda pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritmoqda.

Ingliz tili kafedrasi vakili Rasulova Sohiba Ulug‘bekovna 10.00.04 — “Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti” ixtisosligi bo‘yicha filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi diplomni olganligi munosabati bilan taqdirlandi. Unga diplom hamda noutbuk topshirildi. Ushbu yutuq kafedraning filologiya va tilshunoslik yo‘nalishidagi ilmiy natijalarini yanada mustahkamladi.

Ingliz tili kafedrasi vakili Tagaeva Tamara Baxadirovna ham 10.00.04 — “Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti” ixtisosligi bo‘yicha filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi diplomni olganligi munosabati bilan taqdirlandi. Unga noutbuk topshirildi. Mazkur ilmiy yutuq kafedra professor-o‘qituvchilarining ilmiy izlanishlari va kasbiy rivojlanishining muhim natijasi hisoblanadi.

2026-yilda Ingliz tili kafedrasi o‘qituvchisi Buranova L.U. ilmiy dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi va pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega bo‘ldi. Ushbu ilmiy yutuq kafedraning ilmiy salohiyatini oshirish, ingliz tilini o‘qitish metodikasi va zamonaviy pedagogik yondashuvlarni rivojlantirishga muhim hissa qo‘shdi.

2026-yilda kafedra o‘qituvchisi Dushanova N.M. ham ilmiy dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilib, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini qo‘lga kiritdi. Uning ilmiy muvaffaqiyati kafedrada tadqiqot faoliyatining faollashuvi, o‘quv-uslubiy ishlarning takomillashuvi hamda yosh tadqiqotchilar uchun ilmiy muhitning mustahkamlanishiga xizmat qildi.

Ilmiy Nashrlar

 

Ingliz tili kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan so‘nggi yillarda ingliz tilini o‘qitish metodikasi, nutq ko‘nikmalarini rivojlantirish, akademik tadqiqot asoslari, mamlakatshunoslik, leksik kompetensiya va diskurs tahlili yo‘nalishlarida bir qator darslik, o‘quv qo‘llanma, amaliy modul va monografiyalar tayyorlandi.

Kafedraning muhim nashrlaridan biri O.Ya. Yusupov, G.X. Obruyeva va S.U. Rasulova hammuallifligidagi “Practical Aspects of Language: Lexical Competence and Discourse Analysis” nomli darslikdir. Ushbu darslik 2025-yilda nashr etilgan bo‘lib, 60110900 — Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan. Darslik leksik kompetensiya, diskurs tahlili, kommunikativ leksika, nutq xususiyatlari, yozma va og‘zaki diskurs kabi mavzularni qamrab oladi.

2025-yilda T.B. Tagayeva, N.A. Ibadova, Z.B. Soliyeva, Z.Z. Saliyeva, P.Sh. Begbudiyeva, L.U. Buranova va M.U. Buranova tomonidan “Nutq ko‘nikmalari integratsiyasi” nomli o‘quv qo‘llanma tayyorlandi. Qo‘llanma 210 betdan iborat bo‘lib, 2-kurs talabalari uchun amaliy ingliz tili mashg‘ulotlarida foydalanishga mo‘ljallangan. Unda tinglab tushunish, gapirish, muloqotda ishonchni oshirish, ravon nutq va amaliy kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishga qaratilgan mashqlar berilgan. Nashrga Samarqand davlat chet tillar institutining 2025-yil 21-maydagi 161-sonli buyrug‘i asosida ruxsat berilgan, ro‘yxatga olish raqami №160/08.

Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan “Country Study” nomli darslik ham tayyorlanib, 60230100 — Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili) ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tavsiya etilgan. Ushbu darslik ingliz tilida so‘zlashuvchi mamlakatlarning tarixi, madaniyati, ta’lim tizimi, ijtimoiy hayoti va milliy xususiyatlarini o‘rganishga xizmat qiladi. Darslik Samarqand davlat chet tillar institutining 2025-yil 27-noyabrdagi 351-sonli buyrug‘i asosida nashrga tavsiya etilgan.

Sh.A. Rustamova tomonidan tayyorlangan “Integrating Speech Competences: A Practical Module” nomli amaliy modul 60111800 — Foreign Language and Literature ta’lim yo‘nalishi uchun ishlab chiqilgan. Modul B2/B2+ darajadagi 2-kurs talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, 60 ta mavzuni qamrab oladi. Unda lug‘at bilan ishlash, mavzu yuzasidan muloqot qilish, tinglab tushunish, tanqidiy fikrlash, ijodkorlik va kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishga qaratilgan topshiriqlar berilgan.

Kafedra a’zolari tomonidan “Basis of Academic Research” nomli darslik mualliflik huquqi obyekti sifatida deponentlashtirilgan. Ushbu hujjat O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk markazi tomonidan 2025-yil 13-yanvarda №008578 raqam bilan reyestrga kiritilgan. Mualliflar: Saliyeva Ziroat Zokirovna, Ibadova Nafisa Axmatilloyevna, Tagayeva Tamara Baxodirovna, Soliyeva Zarina Botirovna, Buranova Lola Uktamovna, Begbudiyeva Parvina Shoxruxovna va Buranova Madina Uktamovna.

Shuningdek, M.U. Buranova tomonidan “Инновационные стратегии обучения чтению на английском языке в вузах” nomli monografiya tayyorlangan. Monografiya oliy ta’lim muassasalarida ingliz tilida o‘qish ko‘nikmalarini rivojlantirishda innovatsion yondashuvlar, metodik strategiyalar va zamonaviy ta’lim texnologiyalarini qo‘llash masalalariga bag‘ishlangan.

Kafedra ilmiy izlanishlar, xalqaro seminarlar, ilmiy-amaliy konferensiyalar, dissertatsiya tadqiqotlari hamda talabalarning mustaqil ilmiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash orqali institutning ilmiy salohiyatini oshirishga hissa qo‘shib kelmoqda.

 

Share:
  • Yangiliklar
  • E'lonlar
  • Majlislar
  • Uchrashuvlar
  • Seminarlar
  • Rasmiy tashriflar
  • Brifinglar
E'lonlar
  • G.T.Asadovaning "Madaniyatlararo muloqot" fanidan ochiq darsi

    Batafsil →
  • Tyutorlik lavozimiga nomzodlarni tanlash

    Batafsil →
  • Abdullayeva Visola Sherali qizining " G‘arb tili va adabiyoti" fanidan ochiq darsi

    Batafsil →
E'lonlar →

Kalit so'zlar

ingliz tili xorijiy tillar fakultet tilshunoslik
Logo
Samarkand, 140104, UZB, Gagarin 43

Fakultetlar

Ingliz tili fakulteti
Roman-german tillari fakulteti
Sharq tillari fakulteti
Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti
Narpay xorijiy tillar fakulteti
Payariq xorijiy tillar fakulteti
Kechki fakulteti

Foydali saytlar

  • Prezident virtual qabulxonasi
  • Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
  • O`zbekiston Respublikasi Hukumat portali
  • O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Aloqa
  • Samarkand, 140104, UZB, Gagarin 43
  • +998 66 234-29-36
  • +998 78 210-00-18
  • info@samdchti.uz
  • Ishonch telefonlari:
  • +998662382931
© 2026 SamSIFL. All Rights Reserved.
Samarqand davlat chet tillar instituti